Moliyaviy faoliyat bo‘yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi schyotlar ochilishi mumkin:
9510-«Royaltidan olingan daromadlar»
9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar»
9530-«Foiz ko‘rinishidagi daromadlar»
9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar»
9550-«Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar»
9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar»
9590 -«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar».
Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, passiv xarakterga ega. Ularning kredit oborotida tegishli manbalar
hisobidan moliyaviy foydaning ko‘payishi, debet oborotida esa ularning hisobdan chiqarilishi aks
ettiriladi.
5. Favqulodda foyda va zararlar hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisobi.
Favqulodda foyda moddalari - bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan, hodisa yoki
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar
natijasida paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda
moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi kerak bo‘lgan
o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Favqulodda zararlar - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi
hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan
tashqari xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkib ida aks ettirilishi kerak bo‘lgan
o‘tgan davr xarajatlari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda foyda va zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi
mezonlarga javob berishi kerak:
-
korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
-
bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
-
boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq emaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |