Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
9320-«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
9330-«Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar»
9340-«0‘tgan yil foydasi»
9350-«0perativ lizingdan olingan daromad»
9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar»
9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari»
9380-«Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam» 9390- «Boshqa operatsion daromadlar».
Ushbu schyotlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti foyda (daromad)ning
ko‘payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi.
4. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar hisobi.
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga
quyidagilar kiradi: - olingan royaltilar va sarmoya transferti;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar va
obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar;
-
mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish);
-
valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs
tafovutlari; - sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni
qayta baholashdan olingan daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar»
nomli 2-son BHMS, «Lizing hisobi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-
son BHMSlar bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |