Xo‘jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan
tasniflanadi:
1.
1. Maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan
maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:
YaF= SST-IT
2. Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr
xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa
zararlar sifatida aniklanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ
3. Xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi
plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida xisoblab chiqiladi:
UF = AFF+MD-MX
4. Soliq to‘lagungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda
(ko‘zda tutilmagan) vaziyatlarda ko‘rilgan foyda va minus favqulodda zarar sifatida aniqlanadi:
STF = UF+FP-FZ
5. Sof foyda, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub'ekt ixtiyorida qoladi, o‘zida daromad
(foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va
to‘lovlarni chikarib tashlagan xolda soliqlar to‘langunga kadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF-DS-BS
2. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi.
Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda korxonada yaratilgan foydani ifodalaydi.
Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan sof
tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak, o‘z navbatida, mahsulot
sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan
tushumdan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, qaytarilgan tovarlar qiymati, xaridorga berilgan
skidkalar (chegirmalar) ayirib tashlanadi. Mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar eksport tariflarini
ham chegirib tashlaydilar. Mahsulotni sotishdan keladigan tushum esa O‘zbekiston
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan aniqlanadi.
Demak, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda mahsulot sotishdan tushgan sof tushum bilan
sotilgan mahsulot tannarxi orasidagi farqqa teng. Bu farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy
farq foyda sifatida, salbiy farq esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |