1. Motiv va motivatsiya haqida tushuncha. Turli psixologiya maktabida motivatsiya muammosini o‘rganilishi


Download 74.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana03.01.2023
Hajmi74.44 Kb.
#1076278
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOTIV 1



1-MAVZU: MOTIVATSIYA HAQIDA UMUMIY 
TUSHUNCHA (2 soat) 
REJA: 
1. Motiv va motivatsiya haqida tushuncha. 
2. Turli psixologiya maktabida motivatsiya muammosini o‘rganilishi.
4. A.Maslouning ierarxik nazariyasi. 
TAYANCH TUSHUNCHALAR: 
Eksteriorizatsiya – oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni. 
Harakat – maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. 
Ehtiyoj – tirik organizmlar faolligining boshlang‘ich shakli. 
Maqsad – inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘lib, ehtiyojlarni 
amalga oshirilishi.
Motiv – harakatning nima sababdan amalga oshirilishi. 
 
 
1. МOTIV VA MOTIVATSIYA TUSHUNCHA 
Inson hulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va 
boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson hulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi 
holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida 
motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi. 
«Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga 
ega. 
«Motivatsiya» 
so‘zi 
hozirgi 
zamon 
psixologiyasida 
hulq-atvorni 
determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, 
intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini 
ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida 
ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda 
qo‘llaymiz. Shunday qilib, motivatsiyani inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, 
yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan 
sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin. 


Tashkilotchi psixologlarning ish beruvchilarni motivatsiyalash hamda 
bandliklarini ta’minlashga urinishlarida yordamini ko’rib chiqishdan oldin nega 
har qanday ishchi yuqori standart yoki qiyin maqsadga erishishi mumkinligini 
batafsil ko’rib chiqamiz. 
O’sish imkoni bo’lgan har qanday ishda muvaffaqiyatga intiluvchi siz bilgan 
odamni eslang. Endi undan kamroq harakat qilayotganni eslang. 
Psixolog Genri Myurrey(1938) birinchi odamning erishuv motivatsiyasini malaka 
va g’oyalarni egallash uchun, boshqaruv uchun, shuningdek tezda yuqori 
standartga erishish uchun ahamiyatli yutuqlarga intilishi sifatida ko’rsatgan. 
Ularning qat’iyligi va real vazifalarni amalga oshirishini kutishingiz 
mumkin, yuqori darajadagi motivatsiyali odamlar ko’p narsaga erishadi. 
Intellekt testi 1foizning yuqorisida bo’lgan 1528ta kaliforniyalik bolalar hayoti 
davomida o’rganilgan. Qirq yil o’tgach tadqiqotchilar ko’proq va kamroq kasbiy 
muvaffaqiyat qozonganlarni solishtirganida motivatsion farqlarni topishdi. O’sha 
muvaffaqiyatliroqlar izzattalab, quvvatga to’la va qat’iyatliroq edi.Bolaligida 
ularning faol mashg’ulotlari ko’p bo’lgan. Ulg’ayganida ko’p guruhlarda 
qatnashishgan va tomoshabindan ko’ra sport musobaqalarining ishtirokchisi 
bo’lgan (Golmen, 1980). Iqtidorli bolalar qobilyatli o’rganuvchilardir. Tajribali 
kattalar matonatli ijrochilardir. 
O’rta maktab va universitet talabalari birgalikda tadqiq qilinganda 
o’zlashtiish, davomat va obro’ uchun intizomlilik intellektdan ko’ra yuqori 
ko’rsatgichga ega bo’lgan. Buyumlar, g’oyalar va odamlarni egallash, yuqori 
standartga erishish uchun “Intizom iste’doddan ustun” degan xulosaga kelishdi 
tadqiqotchilar. 
Anjela Dakvort va Martin Seligman nima uchun qiz bolalar ular bilan bir xil 
iqtidordagi o’g’il bolalardan ko’ra maktabda yuqori baho olishini tushuntiradilar 
(2005,2006). 
Biroq intizom iqtidorni takomillashtiradi. Ularning 20-yillari boshida top-
skripkachilar o’qituvchi bo’lish niyatidagi boshqa skripkachi talabalardan ikki 
marta ko’p – 10000soat jamg’arishgan(Erikson va b., 2001,2006,2007). Iqtisod 


bo’yicha Nobel mukofotini olgan psixolog Gerbert Saymon(1998)ning 
tadqiqotlaridan 10yil qoidasi deb nomlangan qoida yuzaga keldi: jahon ekpert-
klasslari sohasi bo’yicha o’n yildan kam bo’lmagan vaqt ya’ni haftasiga qirq soat, 
yiliga ellik hafta ishlashgan.Katta olimlar, sportchilar va rassomlar o’rganilganida 
aniqlandiki ularning barchasi yuqori motivatsiyaga va shaxsiy intizomga ega, o’z 
maqsadiga erishish uchun kuniga soatlab vaqt sarflashga tayyor (Blum,1985). Bu 
yorqin yulduzlar nafaqat o’zining noodatiy talanti, balki kundalik intizomi bilan 
ajralib turgan. Yuqori natija gallon (4,5litr) ter bilan bir choy qoshiq ilhomning 
aralashmasiday tuyuladi.
1
Dakvort va Seligman qayd etganidek, o’ta omadli odamlarni o’zi qatori 
iqtidorli tengdoshlaridan jasorat – uzoq muddatli buyuk maqsadga nisbatan 
jo’shqin sadoqat ajratib turadi. Shunga qaramay intelligent qo’nq’iroqsifat 
egrilikdek namoyon bo’ladi,balki yutuq emas. Bu bizga muvaffaqiyat xom 
iste’doddan-da ko’p narsani qamrab olishini aytadi. Shuning uchun tashkilotchi 
psixologlar oddiy ishda ishlovchi oddiy odamlani jalb qilish va motivatsiyalash 
yo’llarini qidirmoqdalar. 
Hulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va 
ko‘zlangan maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga 
moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan 
yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivatsion jihatdan 
tushuntirishni talab etadi. 
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday 
mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi 
mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va yakuniy holatlari 
sifatida sub’ekt hulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va 
faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, 

Download 74.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling