1. Motiv va motivatsiya haqida tushuncha. Turli psixologiya maktabida motivatsiya muammosini o‘rganilishi


Download 74.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana03.01.2023
Hajmi74.44 Kb.
#1076278
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOTIV 1

maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan 
1
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan
.492 p 


vaziyatdan kelib chiqqan rag‘batlar haqida so‘z yuritiladi. Ba’zan inson hulq-
atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozitsiyalari deb 
ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida 
hulq-atvorni determinatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so‘z 
yuritiladi. Shuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion 
va vaziyatli determinatsiya sifatida ko‘rib o‘tiladi. 
Dispozitsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra motivlardir. Motiv motivatsiyadan 
farqli o‘laroq, bu hulq-atvor sub’ektining o‘ziga tegishli bo‘lgan, uning ma’lum 
harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. 
Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko‘rinishda ko‘pchilik dispozitsiyalarni 
ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin. 
Mavjud bo‘lgan dispozitsiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi 
hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma’lum sharoitlarda ularga 
normal yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj 
shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun 
etishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan qoniqmaslik hissi bilan bog‘liq 
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo 
bo‘lishining davriyligi va usuli kiradi. Shaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga 
bog‘liq mazmuni, ya’ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma’naviy 
madaniyat ob’ektlarining yig‘indisidir. 
Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha – bu 
maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi 
bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning 
motivatsiyali qo‘zg‘atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va 
yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi. 
Ko‘rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar), 
ehtiyojlar va maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari 
bo‘lib hisoblanadi. 
Shaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, 
egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mumkin. 


Motivatsion sohaning kengligi deyilganda, darajalarning har birida keltirilgan 
dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivatsion omillarning sifat jihatidan 
turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik rivojlangan 
hisoblanadi. 
Motivatsion sohaning egiluvchanligi motivatsiya jarayonini quyidagicha 
xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi 
darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko‘proq qo‘llanilgan holatda 
motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo‘ladi. Masalan, bir individ 
uchun bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga 
qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli 
kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda 
motivatsion soha egiluvchanroq bo‘lib sanaladi. 

Download 74.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling