1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish
Download 1.07 Mb.
|
1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davriy ishlaydigan yuvish, vakuum quritish apparati (10-rasm)
- Paxta yog’‘ini emulsiyali usulda uzluksiz rafinatsiyalashni texnologik sxemasi (11-rasm)
Davriy neytralizator (9-rasm). moy apparatga tushadi vag’ ko‘ylagi (1) yordami bilan kerakli haroratgacha qizdiriladi. So‘ng meshalka (2) bilan aralashtiriladi. Purkagich(4)lar orqali belgilangan haroratgacha qizdirilgan, hisoblangan miqdordagi ishqor eritmasi beriladi va 20-30 minut aralashtiriladi. Keyin moy harorati pasaytiriladi, aralashtirish esa to soapstok yaxshi cho‘ka boshlagunga qadar davom ettiriladi. Soapstok moydan cho‘kib ajraladi. Moy sharnirli truba (5) orqali keyingi qayta ishlashga beriladi. Soapstok esa patrubka (6) orqali MAXSUS bakka bo‘shatiladi. Apparatga suv yoki tuzli suv berish uchun dushdan (3) foydalaniladi.
Davriy ishlaydigan yuvish, vakuum quritish apparati (10-rasm) Neytrallangan moyni yuvish va quritish uchun vertikal silindrik tipdagi vakuum quritish apparatidan foydalaniladi. Ug’ ko‘ylakli (2) korpus (1) ga ega bo‘lib, isituvchig’ning ishchi bosimi 0,3 MPa ga teng. Apparat ichida aralashtirgich (3) bo‘lib, u elektrodvigatel (7), reduktor (8) va val (6) yordamida aylantiriladi. Apparatda sferik qopqoq (9), ko‘rish oynasi (10) termometr (11), kondensat uchun purkagich (12), moy va suvni chiqarish uchun patrubkalar (4,3) mavjud. Yuvish jarayonida 90-950S li kondensatdan foydalaniladi va quritilgan moyning namligi 0,2% dan oshmasligi kerak. 9 – rasm. Davriy neytralizator Paxta yog’‘ini emulsiyali usulda uzluksiz rafinatsiyalashni texnologik sxemasi (11-rasm). Rafinatsiya qilinmagan paxta yog’‘i antranilat kislota bilan ishlangandan so‘ng (agar zarur bo‘lsa) avtomat tarozilar (1) orqali baklarga (2) kelib tushadi. U yerda nasos (3) bilan ikkita trubkali issiqlik almashinish apparatiga (4,5) yuboriladi: Birinchi issiqlik almashinish apparatida (4) suv bilan sovutilsa, ikkinchisida esa (5) 25-300C gacha namokob bilan sovutiladi. Sovutilgan yog’‘ reaktor-turbulizatorga (6) keladi. 10 – rasm. Davriy ishlaydigan yuvish, vakuum-quritish apparati Konsentrlangan ishqor eritmasi (34) bakdan (33) nasos bilan (32) filtr orqali (31) bakga yuboriladi, bu bakga tuzsiz suv ham yuboriladi. Nasos-dozator (30) bilan namokobli (29) sovitgich orqali ishqor eritmasi, (6) reaktor-turbulizatorga yuboriladi. Hosil bo‘lgan aralashma (7) nasos bilan (8) isitgich (u yerda 65-700C gacha soapstokning qovushqoqligini kamaytirish uchun qizdiriladi) orqali fazalarga ajratish uchun (28) tindirgich-ajratgich apparatiga keladi. Yog’‘ uzluksiz ravishda (27) bakga quyilib turadi, u yerda qo‘shimcha tindiriladi. (27) Bakda ajralgan soapstok, asosiy ajralgan soapstok bilan birga qayta ishlash uchun yuboriladi. Agar kerak bo‘lsa, tindirgich-ajratgich apparatiga tushishdan oldin, aralashma suv bilan (9) aralashtirgichda aralashtiriladi. Yog’‘ (27) bakdan (26) nasos bilan uzluksiz ravishda yuvish uchun, (25) isitkich orqali (85-900C gacha qizdiriladi) pichoqli aralashtirgichga (10) yuboriladi va bir vaqtning o‘zida suv ham beriladi. Aralashma (11) ajratgichda ajratiladi. Yog’‘ (12) isitgich orqali (13) nasos bilan ikkinchi marta yuvish uchun pichoqli aralashtirgichga yuborilib, (15) ajratgichda ajratiladi. Ajratgichlardan chiqqan yuvilgan suv (23) yog’‘-tutgichga keladi. Bu yerda ajralgan yog’‘ (24) nasosbilan (2) bakga yuboriladi, suv esa (22) nasos bilan tozalash sistemasiga beriladi.Yog’‘ (16) isitgichga kelib, keyin vakuum-quritish (19) apparatiga keladi. Quritishdan oldin yog’‘ limon kislotasi eritmasi bilan aralashtiriladi, u (17) bakda tayyorlanadi. Yog’‘ vakuum-qurituvchi (19) apparatdan (20) nasos bilan rafinatsiyalangan yog’‘ uchun (21) bakga yuboriladi. Rafinatsiyalangan paxta moyi 7-jalvalda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak. 7 -jadval Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling