1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish
Download 1.07 Mb.
|
1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va
10-Ma’ruza. Yog’larni qayta ishlash. Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish Reja: 1. . Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. 2. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish Rafinatsiya deb yog’‘larni aralashma va hamroh moddalardan tozalash jarayoniga aytiladi. Oziq-ovqat sanoati yog’‘ va moylarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish uchun, margarin maxsulotlarini tayyorlash uchun, mayonez, gidrogenlangan yog’‘lar, sovun, glitserin, yog’‘ kislotalari, olif va boshqa mahsulotlar tayyorlash uchun ishlab chiqaradi. Rafinatsiyaning to‘liq sikli fosfolipidlarni, mumsimon moddalarni, erkin yog’‘ kislotalarini, bo‘yovchi va hid beruvchi moddalarni ajratib olishni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadda turli xil usullar qo‘llaniladi, bu usullarning asosida ma’lum reagentlarning alohida moddalarga nisbatan tanlash xususiyati yotadi. Bunga asosan fosfolipidlarni suv yoki elektrolitlarning suvli eritmalari orqali gidratatsiya qilib ajratib olish, erkin yog’‘ kislotalarini yog’‘larni natriy tuzlari ko‘rinishida ajratish, rangli moddalar-pigmentlarni sorbentlar yordamida, hid va ta’m beruvchi moddalarni dezodoratsiya qilib ajratish kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan usullar yuqori tanlovchanlik xususiyatiga ega emas. Bunga misol qilib, gidratatsiya paytida ma’lum miqdorda erkin yog’‘ kislotalarning, neytralizatsiya vaqtida esa, yog’‘lar rangini ma’lum miqdorda kamayishini ko‘rsatish mumkin. Yog’‘larning tarkibi asosida va yog’‘larni keyinchalik qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab, rafinatsiyaning kerakli usullari tanlanadi. Agar yog’‘lar oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, mavjud Davlat standartlariga asosan yog’‘lar to‘liq rafinatsiyalanadi va dezodoratsiyalanadi. Gidrogenlangan yog’‘lar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan moylar esa dezodoratsiya qilinmaydi. Har bir yog’‘ turini rafinatsiya qilish texnologik rejimini tanlashda uning o‘ziga hos xususiyatlari inobatga olinishi zarur. Rafinatsiya jarayoniga quyidagi talablar qo‘yiladi. Yog’‘ning glitserid qismini to‘laligicha o‘zgarmagan holda qoldirish, iste’molga yaroqliligini saqlab qolish, yo‘qotishlarni va chiqindilarni kamaytirish. Bu muammolarni ijobiy hal qilishda moylarni rafinatsiya jarayonini olib borishdagi eng maqbul sharoit katta ahamiyatga ega, ya’ni natriy gidroksidning miqdori, uning konsentratsiyasi, neytrallash jarayonini olib borish harorati, aralashtirish tezligi va boshqalar. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling