VODOROD ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Vodorod eng ko‘p tarqalgan kimyoviy element hisoblanadi. Tabiatda faqat bog‘langan holatda uchraydi. Masalan: suvda 11% bog‘langan vodorod, tabiiy gaz va neft uglevodorodlarida esa 25%ni vodorod tashkil etadi.
Yuqorida qayd etilgan mahsulotlar vodorod ishlab chiqarishning asosiy xom ashyolari hisoblanadi.
Vodorod zaharli emas, rangsiz, eng yengil gaz hisoblanadi. Atmosfera bosimida 00S haroratda vodorod zichligi 0,09 kg/m3 vodorodning havo bilan portlash chegarasi (hajmiy foizda) pastki chegarasi – 4%, yuqori chegarasi – 75% ni tashkil etadi.
Vodorod qiyin eriydigan gazlar jumlasiga kiradi, ya’ni moy, yog’‘ va yog’‘ kislotalarida erish harorat va bosim ko‘tarilishi bilan oshadi.
Gidrogenlashga vodorodninig nazariy sarf miqdori Vt (m3/t yog’‘da) quyidagi formula bilan ifodalanadi.
Vt = 0,8825 (Y.Sb – Y.S0)
Y.Sb va Y.S0 – gidrogenlanlanayotgan yog’‘ning boshlang‘ich va oxirigi yod sonlari .
Korxonalarda salomas ishlab chiqarishda vodorodning sarf miqdori ancha ko‘proq bo‘ladi, chunki vodorodning ma’lum miqdori gidrogenizatsiya uskunalarini davriy ravishda tozalash jarayonida ancha miqdori atmosferaga chiqib ketadi, xamda kommunikatsiya, uskunalari zich mahkamlanmaganligi va salomas bilan ham yo‘qotiladi.
Amaliy vodorodning sarf miqdori Vf (m3/t yog’‘)ga teng
Ozuqa salomasi ishlab chiqarishda
Vf = (0,95 ÷ 1,1) (Y.Sb – Y.So ),
Texnik salomas ishlab chiqarishda
Vf = (1,05 – 1,2(Y.Sb – Y.So)
Vodorod ishlab-chiqarishning sanoat miqyosidagi usullari. Texnik vodorod 3 xil usulda ishlab chiqariladi:
1) temirg’ usuli (kontaktli)
2) konversiya usuli
3) elektirolitik usuli
Temirg’ usuli (kontaktli)
Temirg’ usuli bilan vodorod olish Fe metallini suvg’i yordamida oksidlanish reaksiyalariga asoslangan.
3 Fe+3N2O 3FeO + 3N2; 3FeO +H2 O Fe 3O + H2
Umumiy ko‘rinishda quyidagi tenglama bilan yozish mumkin
3 Fe + 4 H2 O Fe O4 + 4H2
Hosil bo‘lgan temir oksidi suv gazi yordamida temir metall holatiga qaytariladi.
Fe3O4 + CO 3FeO + CO2; 3FeO + 3CO 3 Fe + 3 CO2
Yoki umumiy ko‘rinishda quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin
Fe3O4 + 4 CO = 3 Fe + 4CO2
Temir oksidini suv gazi yordamida kayrarilish reaksiyasi kuyidagi tenglama bilan ifodalanadi
F e3O4 + 2 (H2 + CO) 3Fe + 2H2O + 2CO2
Hosil bo‘lgan temir metallini hil qaytadan suvg’i bilan oksidlanadi. Vodorod ishlab chiqarish jarayoni ikki fazada olib boriladi.
1. Temir suvg’i bilan vodorod hosil qilinadi.
2. hosil bo‘lgan temir oksidi suvg’i yordamida temir metall holatiga qaytariladi.
Temir –g’ usuli bilan vodorod ishlab-chiqarish navbatma-navbat kechadigan oksidlanish –qaytarilish jarayonlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |