1. Mudofaa sohasini boshqarish Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish Ichki ishlar sohasini boshqarish
Mudofaani tashkil etish quyidagilarni qamrab oladi
Download 153.5 Kb.
|
Mudofa sohasini boshqarish
Mudofaani tashkil etish quyidagilarni qamrab oladi:
tajovuzning oldini olish va qaytarishga, O`zbekiston Respublikasiga tajovuzlardan uyushgan holda qurolli himoyalanishga qaratilgan zarur sharoitlar yaratish; mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat harbiy tuzilishini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish; mudofaa vazifalarini hal etish uchun kerakli barcha kuchlar va vositalarning muvofiqlashtirib borilishini va hamkorlikda harakat qilishini ta'minlash; harbiy-siyosiy vaziyat, milliy xavfsizlikka bo`lgan aniq va potensial tahdidlar monitoringini yuritish; O`zbekiston Respublikasi urushga va qurolli mojarolarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar ko`rish; Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi, doim shay holda saqlab turilishi, ularning soni, tuzilishi va tarkibining maqbullashtirilishi; Qurolli Kuchlarni tegishli ravishda zamonaviy qurol-yarog`lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat, boshqa moddiy-texnik vositalar, energetika va boshqa resurslar bilan ta'minlash, ularning zaxiralarini vujudga keltirish; Qurolli Kuchlar qo`llanilishini rejalashtirish; mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy yo`nalishdagi chora-tadbirlarni ko`rish; aholini va hududni mudofaaga tayyorlash; O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining qo`riqlanishi va himoyalanishini ta'minlash; aholini, iqtisodiyot va hayot kechirish uchun zarur bo`lgan obyektlarni yalpi qirg`in qurollaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni o`tkazish; Qurolli Kuchlarning, mamlakat iqtisodiyotining, davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek aholining safarbarlik tayyorgarligi; davlat va safarbarlik zaxiralari uchun moddiy boyliklar zaxiralarini vujudga keltirish; mudofaaning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ma'rifiy, harbiy-sanoat, iqtisodiy, axborot va qonunchilik bazasini takomillashtirish; aholini ma'naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini davlatni himoya qilishga axloqiy-ruhiy jihatdan tayyorlash; mamlakat mudofaasini tashkil etishga doir boshqa tadbirlar. Qurolli Kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O`zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo`shilmalar va qismlarni, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarni o`z ichiga oladi. Qurolli Kuchlar o`z faoliyatini qonun ustunligi, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi. Harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog`, harbiy texnikaning barcha turlari, boshqa harbiy mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi va Qurolli Kuchlar tasarrufida bo`ladi. Qurolli Kuchlarning komplektlanishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mudofaaga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo`mondoni amalga oshiradi. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling