1. Mudofaa sohasini boshqarish Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish Ichki ishlar sohasini boshqarish


O`zbekiston Respublikasi pasport tizimi


Download 153.5 Kb.
bet12/12
Sana30.01.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1141405
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mudofa sohasini boshqarish

O`zbekiston Respublikasi pasport tizimi. O`zbekiston Respublikasi pasport tizimini – pasport berish va undan foydalanish, qayd etish, ro`yxatdan chiqarish tartibini, shuningdek pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi normalar yig`indisi tashkil etadi.
Pasport tizimi aholini hisobga olishda, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlashda, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olishda katta rol o`ynaydi.
O`zbekiston Respublikasi pasport tizimi 1999 yil 26 fevralda tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida pasport tizimi to`g`risidagi Nizom bilan bevosita tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. O`zbekiston Respublikasining 16 yoshga to`lgan barcha fuqarolari O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga ega bo`lishlari shart.
Harbiy xizmatchilar bunday pasportsiz yashaydilar. Harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo`mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar harbiy xizmatchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi hududida O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hujjatlar asosida yashaydilar.
"O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida"gi qonuni8ga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti:
O`zbekiston Respublikasining 16 yoshga to`lgan fuqarolariga;
"O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirguniga qadar O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan shaxslarga;
"O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga beriladi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi. O`zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek "O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida"gi Qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi.
Pasportga o`zbek, rus va ingliz tillarida (Qoraqalpog`iston Respublikasida esa - Qoraqalpoq tilida ham) fuqaroning shaxsi to`g`risida quyidagi ma'lumotlar yoziladi: familiyasi, ismi, otasining ismi; tug`ilgan yili, kuni, oyi; tug`ilgan joyi; millati; jinsi; shaxs o`xshashligini aniqlash raqami.
Pasportga fuqaroning millati to`g`risidagi yozuv uning ota-onasi millatiga qarab kiritiladi. Agar fuqaroning ota-onasi turli millatga mansub bo`lsa, birinchi marta pasport berilayotganda pasport oluvchining istagiga ko`ra otasi yoki onasining millati yoziladi. Keyinchalik millat to`g`risidagi yozuv fuqaroning yozma arizasiga muvofiq otasi yoki onasining millatiga almashtirilishi mumkin, ammo faqat bir marta o`zgartiriladi.
Pasportda uning egasining imzosi, pasport bergan mas'ul shaxs imzosi bo`lishi, shuningdek pasport berilgan vaqt va amal qilish muddati ko`rsatilishi lozim. Shuningdek pasportga: balog`atga yetmagan bolalarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug`ilgan yili, kuni, oyi; harbiy xizmatga munosabati to`g`risidagi; nikohdan o`tish va nikohni bekor qilish to`g`risidagi; pasport egasining yashaydigan va doimiy qayd etilgan joyi haqidagi; vaqtincha qayd etilgani to`g`risidagi; chet elga chiqish uchun ruxsatnoma haqidagi; xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar haqidagi ma'lumotlar yoziladi.
Fuqarolarning roziligi bilan ularning pasportiga pasport egalarining qoni guruhi va rezusi to`g`risidagi belgilar qo`yiladi.
16 yoshga to`lgan shaxsga ichki ishlar organlari tomonidan pasport beriladi va u 25 yoshga to`lguniga qadar haqiqiy hisoblanadi. Fuqarolar 25 yoshga va 45 yoshga to`lganda ichki ishlar organlari ularga yangi pasport beradi, unga oldingi pasportdagi ma'lumotlarning yangi pasport berish vaqtida haqiqiy bo`lganlarining hammasi kiritiladi. 45 yoshga to`lgan fuqarolar pasportining amal qilish muddati cheklanmaydi. Pasport unda ko`rsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini olish chog`ida ilgari olgan pasportini doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi esa O`zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga topshirishga majburdir. Pasportni fuqarolar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari, yohud O`zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari beradi va almashtiradi.
O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan bo`shatilgan harbiy xizmatchilarga pasport harbiy bilet va shaxsiy guvohnoma asosida berilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarga pasportlar ichki ishlar organlari tomonidan yohud O`zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Quyidagi hollarda pasport almashtiriladi:

  • pasportning amal qilish muddati tugaganda;

  • familiyasi, ismi, otasining ismi o`zgarganida;

  • millatini, tug`ilgan yilini o`zgartirganda;

  • yozuvlardagi chalkashlik aniqlanganda;

  • viza va alohida belgilar uchun mo`ljallangan varaqlar to`lganda;

  • foydalanishga yaroqsiz holga kelganda.

Fuqaro tegishli yoshga to`lgandan so`ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismini, tug`ilgan yili va millatini o`zgartirgan, yozuvdagi chalkashlik aniqlangan va pasport foydalanish uchun yaroqsiz bo`lgandan so`ng bir oy muddatdan kechiktirmay, pasport aniq muddatga berilgan hollarda esa - pasportning amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab uch kun muddatda pasport olish yoki uni almashtirish uchun hujjatlarni va fotosuratlarni taqdim etishi kerak. O`zbekiston Respublikasi fuqarosi xorijga jo`nab ketadigan taqdirda, agar pasportning amal qilish muddati olti oydan kamroqni yoki kirish vizasidagi muddatni tashkil etsa, pasport almashtirilishi mumkin.
Pasport tizimi qoidalari bajarilishini ichki ishlar organlari va mahalliy hokimiyat organlari nazorat qiladilar.


Xulosa
O’zbekiston Respublikasida mudofaani tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52moddasiga binoan o’zbekiston Respublikasini himoya qilish O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni shtashga majburdirlar. Mudofaa sohasini ma`muriyhuquqiy jihatdan tartibga solish O’zbekiston Respublikasining «Mudofaa to’g`risida» gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g`risida» gi, «O’zbekiston Respublikasida quroli kuchlar 
rezervidagi xizmat to'g`risida» gi qonunlari, shu sohani tartibga solishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar bilan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining mudofaasi O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni ta`minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiyhuquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa tadbirlari majmuidan iborat Bo’lib, mudofaa sohasidagi davlat siyosati boshqa davlatga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tajovuzning oldini olish va uni daf etish, shuningdek o’zbekiston Respublikasi 
tegishli shartnomalar bilan bog`langan davlatlarga yordam kwrsatish hollari bundan mustasno; xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish; harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik; 
harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolarning xususiyatiga monand bo'lishi;
yadroviy va boshqa turdagi yalpi qirg`in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, olishni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish; Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning tajovuzni daf etishga doim shay turishi; 
mudofaaning etarli darajada bo'lishi; harbiy xizmat sharafli ekanligini ta`minlash kabi
asosiy printsiplar asosida amalga oshiriladi. 



1 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 №5, 80-m.

2 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 №12, 217-m.

3 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 №5-6, 151-m.

4 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari. 1995-1999. T., Adolat, 2000.

5 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 №9, 217-m.

6 O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993, №1, 33-m.

7 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 №9, 215-m.

8 O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992, №9, 338-m.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling