1. Mudofaa sohasini boshqarish Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish Ichki ishlar sohasini boshqarish


Davlat chegaralarini himoya qilish


Download 153.5 Kb.
bet7/12
Sana30.01.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1141405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mudofa sohasini boshqarish

Davlat chegaralarini himoya qilish. O`zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi - O`zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo`shligida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo`ylab o`tuvchi vertikal sathdan iboratdir. O`zbekiston Respublikasida davlat chegaralari 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining davlat chegarasi to`g`risida»gi qonuni5 bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi - O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, o`zgartirish, himoya qilish va qo`riqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Davlat chegarasini belgilash va o`zgartirish paytida O`zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni ta'minlash zaruratidan kelib chiqadi hamda quyidagi tamoyillarga amal qiladi:

  • davlatlarning suvereniteta, hududiy yaxlitligi, davlat chegaralari daxlsizligi va buzimasligini o`zaro hurmatlash;

  • chegara masalalarini tinch yo`l bilan hal etish;

  • chet el davlatlari bilan har tomonlama, teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish;

  • qo`shni davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik.

Davlat chegarasini belgilash va o`zgartirish O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasida davlat chegarasini jihozlash va uni asrash ustidan nazorat qilish; davlat chegarasining shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib o`tilishi; davlat chegarasi orqali tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni olib o`tish; davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni o`tkazish; davlat chegarasida yoki uning yaqinida xo`jalik faoliyati va boshqa faoliyat yuritish tartibini belgilovchi qoidalar majmuidan iborat bo`lgan - davlat chegarasi rejimi o`rnatiladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlash sohasidagi kuchlar va vositalarni, o`tkaziladigan tadbirlarni moliyalash va resurslar bilan ta'minlashni amalga oshiradi; Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlash sohasida normativ hujjatlar chiqaradi; vazirliklar, idoralar, ijro hokimiyati mahalliy organlarining Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlash sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlash bo`yicha maxsus vakolatli organ: Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashni ta'minlaydi; chegara qo`shinlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi; davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi; Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashga doir masalalarda boshqa davlatlarning tegishli chegara idoralari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; Davlat chegarasi chizig`ining o`tishini belgilashda ishtirok etadi; davlat budjetining Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashga doir qismini shakllantirish yuzasidan takliflarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi: Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashni tashqi siyosiy va xalqaro-huquqiy jihatdan ta'minlashni amalga oshiradi; Davlat chegarasini va uning rejimini belgilash bo`yicha muzokaralar olib boradi, zarur hujjatlar va materiallar tayyorlaydi; O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasiga kirishi va O`zbekiston Respublikasidan chiqishi huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi; Davlat chegarasi rejimiga rioya etish masalalarini, chegara nizolarini belgilangan tartibda hal etadi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati: Davlat chegarasi xavfsizligiga tahdidlar to`g`risida belgilangan tartibda axborot taqdim etadi; chegara qo`shinlari bilan hamkorlikda razvedka, kontrrazvedka va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi; belgilangan tartibda kontrabandaga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; Davlat chegarasida va chegara oldi hududlarida ijtimoiy-siyosiy, madaniy va boshqa tadbirlar o`tkazilayotganda xavfsizlik ta'minlanishida ishtirok etadi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi: havo bo`shlig`ida Davlat chegarasi himoya qilinishi va qo`riqlanishini amalga oshiradi; O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat chegarasini himoya qilishda ishtirok etishini ta'minlaydi; o`z vakolatlari doirasida havo bo`shlig`ida yuzaga kelgan chegara nizolarini hal etadi; Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlash tadbirlari resurs va boshqa jihatdan ta'minlanishida chegara qo`shinlariga belgilangan tartibda ko`maklashadi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashga doir tadbirlarni amalga oshirishda chegara qo`shinlariga ko`maklashadi; chegara oldi zonasida chegara oldi rejimiga rioya etilishi ustidan hamda Davlat chegarasi orqali o`tkazish punktlariga tutash hududlarda huquq-tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining ishtirokini ta'minlaydi; chegara oldi hududlarida huquq-tartibotning holati to`g`risida chegara qo`shinlariga axborot beradi; Davlat chegarasini himoya qilishda ichki qo`shinlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishini ta'minlaydi; chegara qo`shinlarining taqdimnomasiga binoan chegara oldi qidiruv ishlari va operatsiyalari o`tkazilayotgan paytda, shuningdek harbiy xurujni qaytarish yoki Davlat chegarasi orqali noqonuniy ommaviy o`tishlarning oldini olish chogida Davlat chegarasiga yaqin ayrim uchastkalar yoki obyektlarga fuqarolarning o`tishini vaqtincha cheklash yoki man etishni ta'minlaydi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi: Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashda chegara qo`shinlariga ko`maklashadi; Davlat chegarasi orqali o`tkazish punktlaridagi rejimga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda bojxona organlari ishtirokini ta'minlaydi; shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarning Davlat chegarasi orqali o`tkazish punktlarida bojxona nazoratidan o`tishi va rasmiylashtirilishini tashkil etadi; kontrabandaga va bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilishiga qarshi kurashga doir choralar ishlab chiqadi va amalga oshiradi; Davlat chegarasi orqali o`tkazish punktlari tashkil etishga doir takliflarni kiritadi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Davlat chegarasida sanitariya-karantin, veterinariya, fitosanitariya nazoratini hamda nazoratning boshqa turlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari: shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlar Davlat chegarasi orqali o`tkazilishida o`z vakolatlari doirasida ishtirok etadilar; zarur hollarda Davlat chegarasi orqali o`tkazish punktlarida o`z xizmatlarini tuzadilar va ular ishini tashkil qiladilar; Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashda chegara qo`shinlariga o`z vakolatlari doirasida ko`maklashadilar; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: Davlat chegarasini qo`riqlash uchun qonun hujjatlariga muvofiq sharoit yaratib beradilar; Davlat chegarasi ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari beradilar, ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar; Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashda fuqarolar ixtiyoriy asosda ishtirok etishlariga ko`maklashadilar; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar: chegara qo`shinlariga, Havo hujumiga qarshi mudofaa qo`shinlariga, shuningdek Davlat chegarasida nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organlariga ko`maklashadilar, ularga zarur axborot taqdim etadilar; Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashda fuqarolar ixtiyoriy asosda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratadilar.
Fuqarolar chegara qo`shinlariga ko`maklashuvchi otradlar tarkibida va boshqa shakllarda chegara oldi hududi doirasida Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashda ixtiyoriy asosda ishtirok etadilar. Fuqarolarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashda ishtirok etishi tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling