1. Musiqa akustikasi?
Eshitish va og‘riq bo‘sag‘asi?
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Akustika Yakuniy nazorat savollari
34. Eshitish va og‘riq bo‘sag‘asi?
Agarda asosiy membrananing tolasi tebranayotganida yonidagi tukli katakchaga tegmasa, unda odam tovushni eshitmaydi. Tolaning tebranish amplitudasi oshganda yonidagi tukli katakchaga tekkan zahoti nerv tolalari qo‘zg‘alib bosh miya eshitish markaziga elektr impulslarini yuboradi, natijada, tovush eshitiladi. Mutloq tinchlikda 1000 Gs chastotali tovush eshitilishi uchun odam qulog‘i yaqinidagi bosim amplitudasi 2,84.10-5 N/m2 (effektiv qiymati 2.10-5 N/m2) bo‘lishi kerak. Bu qiymat atmosfera bosimining 2.10-5 ni tashkil etadi. Bu holda, yassi to‘lqin jadalligi 10-12 Vt/m2 ga teng. Shunisi qiziqki, havo zarrachalarining siljish amplitudasi molekula radiusining o‘ndan bir bo‘lagidan kam. Quloq pardasiga ta’sir qilayotgan fluktuatsiyalarning tasodifiy issiqlik molekular harakati bilan bog‘liq bo‘lgan bosim kuchining o‘zgarishi, mutloq tinchlikdagi tovush bosimidan bor - yo‘g‘i 5÷10 marta kichik. Xalaqit beruvchi shovqin va boshqa tovushlar yo‘qligida bazo‘r eshitiladigan tovush bosimi qiymati, bo‘sag‘a qiymati, yoki bazo‘r eshitilib eshitilmas qiymati eshitilish bo‘sag‘asi deb ataladi. Tadqiqotchilar eshitilish bo‘sag‘asini aniqlash ustida talaygina ishlar olib bordilar. Natijada, shu narsa aniqlandiki, eshitilish bo‘sag‘asi turli odamlarda turlicha. Bu farqning o‘zgarishi bir xil yoshdagi eshitish a’zosi sog‘lom odamlar uchun tasodifiydir. Odam eshitish bo‘sag‘asi bir vaqtning o‘zida, eshitish sharoiti, charchoqligi, hayajonlanishi hisobiga ham o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun ishonchli eshitilish bo‘sag‘asi haqidagi ma’lumotlarni faqat statistik, ya’ni ma’lum sharoitlarda ko‘pchilik odamlarda o‘lchash bilan aniqlash mumkin. Bunday statistik tadqiqotlar AQSh da (1938—1939 y.y), Angliyada (1956—1957 y.y), sobiq SSSR da (1958 y) olib borilgan. Xalqaro kelishuvga asosan eshitish bo‘sag‘asining standarti sifatida 1.5-rasmda keltirilgan sof sinusoidal signalning chastotaga bog‘liqlik egri chizig‘i qabul qilingan. Tekshirishlar 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan eshitish a’zosi sog‘lom odamlar bilan olib borilgan. Eshitish bo‘sag‘asi chastotaga bog‘liq.Tovushlar 2000 Gs ÷ 4000 Gs gacha bo‘lgan diapazonda tovush bosimi 2.10-5 Pa va undan kam bo‘lgan qiymatlarda seziladi. Shu bilan birga past va yuqori chastotalarda eshitish bo‘sag‘asi sezilarli oshadi. Biz tovush jadalligini 20.000 Gs dan yuqorisiga qanchalik oshirmaylik tovush hissiyoti paydo bo‘lmaydi, bu ko‘pchilik odamlar uchun eshitish chegarasidan yuqori. Xuddi shunday holat tovush chastotalari 16÷20 Gs dan past bo‘lganda ham kuzatiladi. Agarda, eshitilayotgan tovush chastotasini sekin - asta oshira borsak, tovush balandligi oshayotgandek tuyuladi. Tovush bosimining keyingi qiymatida quloqda og‘riq sezila boshlanadi. Og‘riq sezila boshlangan tovush bosimi, og‘riq sezish bo‘sag‘asi deb ataladi. Og‘riq sezish bo‘sag‘asining chastotaga bog‘liqlik egri chizig‘i, eshitilish bo‘sag‘asi egri chizig‘iga nisbatan, bir muncha tekisroq. Ayrim o‘quv qo‘llanma va so‘rovnomalarda eshitish bo‘sag‘asi absolyut va chastotaga bog‘liqlikning turli qiymatlari berilgan. Bu farq eshitish bo‘sag‘asini o‘lchashnint turli usullaridan foydalanganligi natijasidir. Masalan, o‘lchashlar bir quloq bilan yoki ikki quloq bilan eshitish uchun olib borilgan bo‘lishi mumkin. Undan tashqari shunday eshitish bo‘sag‘alari mavjudki, ayrimlari quloq chanog‘i yonginasida (telefon) aniqlanadi, boshqalari esa, tovush to‘lqinlari frontal tushib xonadagi to‘siqlardan bir necha bor qaytishi natijasida aniqlanadi. Tovush eshitishning yuqori chegarasi (katta sathlar tomonidan) chastota o‘zgarishiga kamroq bog‘liq, eshitish bo‘sag‘asining katta sathli qiymatlari 1.1 jadvalda keltirilgan. Yuqori va past eshitish bo‘sag‘alarini solishtirib aytish mumkinki, o‘rta chastotalarda normal eshitish dinamik diapazoni 120÷130 dB tashkil etadi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling