1. Musiqa akustikasi?


Mikrofonlarning qo‘llanilish sohalari?


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/57
Sana10.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1184711
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Bog'liq
Akustika Yakuniy nazorat savollari

70. Mikrofonlarning qo‘llanilish sohalari? 
Har qanday mikrofonning vazifasi fazoning qandaydir nuqtasida tovush maydonini 
xarakterlaydigan parametrlarni, elektr kuchlanishi yoki tokiga o‘zgartirishdir. 
Mikrofonlarning ko‘pdan-ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular radioeshittirish va televidenie 
tizimlarida, telefoniyada, ovozlashtirish, tovush kuchaytirish, ovoz yozish va b.q. qo‘llaniladi. 
Mikrofon har qanday elektroakustik va radioeshittirish traktlarining birinchi va eng asosiy 
elementlaridan hisoblanib, u eshittirish kanalining sifat ko‘rsatkichini belgilaydi. 
71. Binarual eshitish?
Оддий шароитларда товуш манбаи жойлашган жойни аниқлаш жуда осон. Ҳатто, бир 
неча товуш манбаи бўлганида ҳам биз уларнинг фазода жойлашишини осонликча 
тасаввур қиламиз. Одамнинг товуш манбаи жойлашган йўналишни топа олиш хусусияти 
бинаурал эффект деб аталади. Икки қулоқ билан эшитишимиз натижасида, бинаурал 
эффект туфайли бир хил фазали товуш тебранишларини қулоғимизга келиш вақти 
фарқини ажрата оламиз. Бинаурал эффект, асосан паст ва ўрта частоталарда аниқланади. 
72. Akustika fani bo’limlari 
Arxitektura akustikasi – tovushning xonalarda tarqalishini, to‘siqlarning tovush qaytishi va 
so‘nishiga ta’sirini o‘rganadi. Qurilish akustikasi – akustikaning alohida bo‘lagi bo‘lib, bino,
inshoatlarning tovush izolyatsiyasi va shovqindan himoyalash masalalarini o‘rganadi. Qurilish 
akustikasi arxitektura akustikasidan ajralib chiqqan. 
Atmosfera akustikasi – tovushni atmosferada tarqalishini, shuningdek atmosferani akustik 
usullar bilan o‘rganadi. Akustoelektronika – fan va texnikaning qattiq jism akustikasi, yarim 
o‘tkazgichlar fizikasi va radioelektronika bilan tutashgan bo‘lagi.
Elastik to‘lqinlarning yarim o‘tkazgichlarda kuchayishi va generatsiyalanishi, radio signallarni 
akustik usullar bilan o‘zgartirish va ularga ishlov berish, hamda shularga mos qurilmalarni 
yaratish masalalari bilan shug‘ullanadi. 
Geoakustika – yer qobig‘ining tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganish maqsadida unda elastik 
to‘lqinlarning tarqalishini (akustik va seysmik qidiruv) o‘rganadi. 
Gidroakustika – tovush to‘lqinlarining daryo, dengiz, ko‘l va suv havzalarda - asosan suv osti 
lokatsiyasi va aloqasi maqsadida tarqalish, qaytish va so‘nish xususiyatlarini o‘rganadi. 
Musiqa akustikasi – musiqashunoslik va umumiy akustika bo‘limi, musiqaning ob’ektiv 
fizikaviy qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. Musiqa tovushlarinig chastota balandligi, 
davomiyligi, konsonans (musiqa tovushlarining o‘zaro ohangdoshligi, hamohangligi
uyg‘unligi) va dissonans (har xil unli bilan kelgan, lekin shu unlilardan keyingi tovushlar bir xil 
bo‘lgan so‘zlarni qofiyalash) hodisalarini, musiqa tizimlarini, ohangdagi musiqiy tovushlarni 
farqlash va yodda saqlash qobiliyatini, nisbatlarini, odam va musiqa asboblari ovozini o‘rganib 
tadqiqot etadi, fizikaviy akustika uslublari va ma’lumotlariga tayanadi. 
Odam ovoz va eshitish a’zolari fiziologiyasi va psixologiyasi bilan bog‘liq . Fiziologik akustika 
– odam va hayvonlarning tovush chiqaruvchiva tovush eshituvchi a’zolarining tuzilishi va 
funksiyasini o‘rganadi. Elektroakustika – turli o‘zgartirgichlarning nazariyasi, hisoblash 
uslublari va ularni loyihalash masalalari bilan shug‘ullanadi.
Elektroakustik o‘zgartirgichlar elektr energiyani akustik energiyaga (elastik tebranishlar 
energiyasiga) va teskarisiga o‘zgartiradi. Eng ko‘p tarqalgan o‘zgartirgichlarga mikrofon va 
radiokarnaylar kiradi. Elektroakustika, akustika fanining bir bo‘lagi bo‘lib, radiotexnikaga 
yaqinroq va akustikaning yuqorida qayd etilgan deyarlik barcha bo‘laklarini o‘z ichiga oladi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling