1. Musiqa akustikasi?
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Akustika Yakuniy nazorat savollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 69. Mikrofon tushunchasi va tarixi
68. Akustik materiallar?
Akustika materiallari – tovush yutuvchi va qaytaruvchi materi-allar. Akustika materiallarining tovush yutuvchanligi ulardagi gʻovaklarning yirik-maydali-giga va tutash-tutashmasligiga bogʻliq. Gʻovak betonlar, koʻp qatlamli gips tax-talar, akustik suvoq (gʻovak toʻldirgich va bogʻlovchi asosida tayyorlangan qorishma), mineral paxta va undan ishlangan na-mat, yogʻoch qipigʻidan va asbest-kartondan tayyorlangan taxtalar, qamish va somon taxtalar Akustika materiallari hisoblanadi. Bu mate-riallar sukunat talab etiladigan xona devorlariga va sanoat uskunalari tagiga qoʻyishda ishlatiladi. 69. Mikrofon tushunchasi va tarixi? «Mikrofon» so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, mikros — kichkina, phone — ovoz ma’nosini anglatadi. Mikrofonlarning asosiv vazifasi ovoz tebranishini elektr toki tebranishiga aylantirib berishdan iborat. Mikrofonlar tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, «mikrofon» nomi 1827-yilda buyuk britaniyalik ixtirochi Charlz Uitstoun tomonidan taklif etilgan. Ammo u hozirgi mikrofonlar turkumiga mutlaqo bog‘liq emas. Undan so‘ng 1876-yilda ovoz to‘lqinlari harakatini saqlab turuvchi suyuq uzatuvchi moslama kashf qilindi. 1877-yil 4-martda amerikalik Emil Berliner birinchi bo‘lib ko‘mirli mikrofon namunasini yaratdi. Eng ommalashgan ko‘mirli mikrofonlar turkumi Entoni Uayt (1890) tomonidan ixtiro qilindi. Uning ixtirosidan yaqin kunlargacha telefon trubkalaridagi mikrofon sifatida foydalanilgan. Buning uchun muayyan elektr toki shart bo‘lmagan. Birinchi tasmali mikrofon 1942-yilda ixtiro etildi. Amerika ovoz kompaniyalarining birida yaratilgan ushbu mikrofon faqat studiyalarda ishlatilar edi. Chunki uning og‘irligi 3,5 kg ni tashkil etgan. Hozirgi kunda esa, asosan, kondensatorli va dinamik mikrofonlar ishlatilmoqda. Ko‘mirli mikrofon. Ko‘mirli mikrofon 1877-yil Emil Berliner tomonidan ixtiro etilgan va Devid Hyuz tomonidan takomillashtirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling