Til – millat faxri! ”
Download 33.28 Kb.
|
2 5427062173476065954
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Boshlovchi
- ”Til-millaning faxri”
- 2-Boshlovchi
“Til bayrami” ssenariysi “Til – millat faxri! ” Xona bayramona bezatiladi.Sahna to`rida tadbirga mos shior yozib qo`yiladi.Xona devorlariga til haqidagi maqollar yozilgan ko`rgazmalar tartib bilan joylashtiriladi. Tadbir shiori ”Til – millat faxri”.O`quvchilar sahnada ikki qator bo`lib joylashishgan.Sahna o`rtasida ona siymosi ko`rinadi.Ona o`zining muqaddas qo`shig`i bo`lmish “Alla” kuyini kuylaydi. 10-sinf o`quvchisi Rajabov Yunus: Assalom ona yurt tonglar nafasi, Tarif, tavsifingni yo`q nihoyasi, Senga bag`ishlanur muqaddas qo`shiq, Bu o`zbek elining zo`r madhiyasi. (Madhiya yangraydi.Barcha hurmat bilan kuylaydi.) 1-Boshlovchi: Bu hayotning ziynati bahr-u bashorat assalom, San’ati so’z naqshi bu nuri hidoyat assalom. Xislati birla jahon ahliga ne’mat assalom, Barcha insonga barobar yaxshi odat assalom. 2-Boshlovchi: Men baxtli o`zbekman ozod insonman, Tenglar ichra tengman taxtim,baxtim bor. Men ko`hna zamonman,yangi zamonman, Xalqim taqdirida o`z dastxatim bor. 1-Boshlovchi: Erkin ruh, toza qalb, ozoda nafas Xalqim tafakkuri, sha`ni, orzusi. Bizga nonday aziz, jondan muqaddas, Buyuk O`zbekiston, Davlatim tili. 2-Boshlovchi: Assalomu alaykum,aziz mehmonlar,aziz o`quvchilar!Bu yil ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to`ldi.Yurtimiz bo`ylab ushbu muborak sana shodiyonasi kezmoqda.Shu munosabat bilan barchangizni chin qalbimizdan tabriklab, ona tili bayramiga bag`ishlangan”Til-millaning faxri” shiori ostida o`tkazilayotgan tadbirimizni ochib berish uchun so`z navbatini maktabimiz direktori Sh.Aralliyevga beramiz.Marhamat!.......... 1-Boshlovchi: Rahmat ustoz. Har bir xalq, har bir millat , har bir elat o`zi hurmat ehtirom qiladigan tilga ega.Yurtboshimizning ta`biri bilan aytganda, bugun o`zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog`i, gerbi, madhiyasi,konstitutsiyasi qatorida turadigan qonun yo`li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi. 2-Boshlovchi: Dunyo ishi sho`x mavjlanadir ona tilimda Har bir so`zi yuz ma`noli durdona tilimda Izhori ko`ngil chog`I ipak tovlanadir ul, Jang lahzalari g`olib-u mardona tilimda. 1-Boshlovchi: Do`stlarning shirin davrasida shir-u shakardir, Har jilvasi bir gulxan-u gulxona tilimda. Bor unda Navoiy ruhi-yu, unda Bobur bor, Har shevasi bir qasr ila koshona tilimda. 2-Boshlovchi: Bugun o`z xalqi kelajagi uchun qayg`iruvchi, farzandlar kamoloti uchun o`zni daxldor deb bilguvchi har bir inson uchun sharafli kun.Negaki,bugun tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun. Download 33.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling