Go`zal:Ming yildirki, zaminda ulug` ajdodlar ruhi shod kezadi.Ming yildirki, o`z tilini sevgan xalq buyuk o`zgarishlar qiladi.
Shahnoza: -Zero, Abdulla Avloniy bobomizning shunday o`lmas satrlari bor:”Har bir millatning dunyoda borlig`ini ko`rsatadurg`on oynai jahoni-uning tili va adabiyotidur”.
Iqbol:Til millatning ulkan va bebaho boyligidir.Bu O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida ham kafolatlangan.
Go`zal: Ustoz ,shu o`rinda savol tug`ildi, til haqidagi qonun bizga nima uchun kerak?
Shahnoza: Keling, yaxshisi buni hamkasblarimizdan so`rab ko`raylikchi.
-Til haqidagi qonun o`zligimizni saqlash uchun kerak.(Ro`zigul)
-Tilimizni yo`qotib qo`ymasligimiz uchun kerak.(Gulnoza)
-O`zbek degan xalqning yo`q bo`lib ketmasligi uchun kerak.(Mahbuba)
Iqbol : To`g`ri aytasiz hamkasblarim, sizning fikrlaringiz to`g`riligini birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimovning “Ona tili bu millat ruhidir. O`z ona tilini yo`qotgan millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar” degan fikrlari bilan tasdiqlamoqchiman.
Go`zal: Ona tilim sen borsan , shaksiz
Bulbul kuyin she`rga solaman.
Sen yo`qolgan kuning, shubhasiz
Men ham to`ti bo`lib qolaman.
Bu dunyoda tili yo`qda dil yo`q derlar,
Bahoyingku berib ketgan Alisherlar.
Yuragimning to`ridagi so`lmas gulim,
Ona tilim, ey muqaddas ona tilim! (Shahnoza)
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot yig`ladi o`lim.
Seni deb qurbon bo`ldi bobolar,
Ular ketdi sen qolding tilim. (Sanobar M)
Belanchaging uzra Qoshg`ariy,
Kuylab o`tdi qadim navoni,
Va navqiron yaproqlaringga
Dilin berdi ustoz Navoiy. (Anvara)
Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bog`lab hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
O`zbek tili birgina seni. (Go`zal)
Ona tilim, omon bo`l mangu
Sen borsan-ki,men ham o`lmayman.
Tildan qolsam, seni Oybekday,
Men ko`zlarim bilan kuylayman. (Shoira)
Do'stlaringiz bilan baham: |