Til – millat faxri! ”


Download 33.28 Kb.
bet2/9
Sana22.04.2023
Hajmi33.28 Kb.
#1381330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5427062173476065954

1-Boshlovchi:Ming yildirki, zaminda ulug` ajdodlar ruhi shod kezadi.Ming yildirki, o`z tilini sevgan xalq buyuk o`zgarishlar qiladi.
2-Boshlovchi: -Zero, Abdulla Avloniy bobomizning shunday o`lmas satrlari bor:”Har bir millatning dunyoda borlig`ini ko`rsatadurg`on oynai jahoni-uning tili va adabiyotidur”.
1-Boshlovchi:Biz ona tilimizning tarixiy ildizlariga nazar tashlaylik . X-XI asrlardan boshlab Mahmud Koshg`ariy,Yusuf Xos Hojib kabi donishlar o`z qalamlariga mansub “Devoni lug`ati-turk”, “Qutadg`u bilig”, “Hibat ul- haqoyiq” kabi asarlari bilan tilimiz boyligini ochib berdilar.
Ahmad Yassaviy,Rabg`uziy kabi buyuk adiblar o`zbek tilining rivojlanishida katta xizmat qildilar
2-Boshlovchi: Kim erursan, sen o`zing,gar o`zliging bilmasang,
Asli zoting kim, eling kim, o`z tilingni bilmasang.
1-Boshlovchi: O`sha davrdan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning eng kattasi “Qutadg`u-bilig”, ya`ni “Baxt keltiruvchi bilim” asaridir.

(Sahnaga buyuk ajdodlarimiz chiqadi)


2-Boshlavchi: Til millatning ulkan va bebaho boyligidir.Bu O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida ham kafolatlangan.Konstitutsiyamizdan tashqari “Til to`g`risida”gi qonunimiz ham o`zbek tilimizning keng imkoniyatlarini belgilab beradi.
1-Boshlovchi:Charosxon, shu o`rinda savol tug`ildi, til haqidagi qonun bizga nima uchun kerak?
2-Boshlovchi: Keling, yaxshisi buni 8-“A”sinf o`quvchilarimizdan so`rab ko`raylik.
(Sahnaga 10-sinf o`quvchilari chiqadi.)
-Til haqidagi qonun o`zligimizni saqlash uchun kerak.(Risolat)
-Tilimizni yo`qotib qo`ymasligimiz uchun kerak.(Jo`shqin)
-O`zbek degan xalqning yo`q bo`lib ketmasligi uchun kerak.(Asadbek)
(Davomida 8-“A”sinf o`quvchilari til haqidagi qonunlarni aytadilar)
1-Boshlovchi: : Keling azizlarim, dam soz,dam suhbat deganlariday hozirgi navbatni 7-“A”sinf o`quvchilariga bersak.Marhamat!
2-Boshlovchi: Bizning ona tilimizni sevmagan yoki o`z tilini kuylamagan shoir bo`lmasa kerak.Hozir 5-“A”sinf o`quvchilaridan til haqidagi she`rlarni tinglasak.Marhamat!

Download 33.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling