Til – millat faxri! ”


Shahnoza: Ha, Navoiy bobomizga ham o`z davrida turkey zabonda ijod qilish oson kechmagan bo`lsa kerak. Iqbol


Download 33.28 Kb.
bet7/9
Sana22.04.2023
Hajmi33.28 Kb.
#1381330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5427062173476065954

Shahnoza: Ha, Navoiy bobomizga ham o`z davrida turkey zabonda ijod qilish oson kechmagan bo`lsa kerak.
Iqbol: Albatta, kelinglar moziyga nazar tashlab,Navoiy bobomiz so`zlariga quloq tutsak.
Alisher Navoiy: -Ey, jondan aziz ona xalqim! Men butun umrimni va ijodimni insoniyatning baxt- saodati uchun bag`ishladim.Bor kuchimni mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o`rnatishga qaratdim. Barchaga yaxshilik va ezgulik ulashdim. Ona tilimiz rivojiga o`z hissamni qo`shdim, uni himoya qildim va madh etdim.Asarlarimda mazkur tilning jozibasi qanchalar qudratga ega ekanligini, boshqa tillardan kam joyi yo`qligini, aksincha, uning o`ziga xos mavqega egaligini isbotlab berdim.
So`z jon gulshanining muattar nasimi, hatto ko`ngil dengizining bebaho gavharidir.
Inson jismi bir gulshan bo`lsa, til uning xushovoz bulbulidir.
Odam tili tufayli barcha mahluqotdan afzal va tili tufayli bir-biridan ustun.
Tilga ixtiyorsiz, elga e`tiborsiz.
Chin so`z-mo`tabar, yaxshi so`z – muxtasar.
Tilni ko`ngil xazinasining qulfi, so`zni uning kaliti deb bil.
Qadrli farzandlarim, ushbu hikmatlarimni yodingizda tuting. Muqaddas Vataningizni, xalqingizni va albatta, sizga onadek aziz bo`lgan ona tlingizni seving, asrang, ardoqlang va uning rivojiga o`z hissangizni qo`shing.
(Yunus ) Darhaqiqat, Alisher Navoiy bobomiz o`zbek adabiyotini yuksaklarga ko`tardi.Navoiy bobomizdan so`ng ushbu an`ana Bobur, so`ng XIX asr oxiri XX asr boshlarigacha Munis, Ogahiy,Muqimiy, Furqat ,Zavqiy bobolarimiz va boshqa ko`plab yozuvchi,shoirlar ijodida izchil davom etdi. (Shahnoza)
XX asr boshlarida adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirish an`anasi Fitrat, Behbudiy, Avloniy,Qodiriy,Cho`lpon asarlari tilida o`z aksini topdi.(Dilfuza)
Go`zal: Keling azizlarim, dam soz,dam suhbat deganlariday hozirgi navbatni katta ustozlarimizning jonli ijrosidagi “Sumbula” qo`shig`iga bersak.Marhamat!
(Anvara opa bilan Ro`zimboy aka kuylaydi.)
Shahnoza: 1989-yil 21- oktabr! Tarix zarvaraqlariga oltin harflar bitilgan kun.
Iqbol: Negaki butun mamlakatimiz rahbari bo`lgan birinchi prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov tashabbuslari bilan O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonuni qabul qilinib, unda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.O`zbek tili O`zbekiston Respublikasining rasmiy hujjatlari yuritiladigan, qonun bilan belgilangan tilga aylandi.
Go`zal: O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 4- moddasida: “O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.O`zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”, deb bayon etilganki, mamlakatimizda yashaydigan barcha millat va elat vakillari bilan ayni paytda tinch- totuv, do`st- inoq, yagona maqsad yo`lida qo`lni qo`lga berib yashab kelmoqdamiz.

Download 33.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling