1. Mustamlakachilik davrida Turkiston arxivlari tizimi
Download 1.17 Mb.
|
Rossiya imperiyasining idoraviy arxiv hujjatlar
Rossiya imperiyasining Turkistonda idoraviy arxivlarni tashkil etish borasida amaiga oshirgan siyosati. 1873-yilda Adliya vazirligi arxivshunos N.V.Kalachov raisligida turli xil idoralar vakillaridan arxivlami qurish va tashkil etish bo ‘ yicha maxsus komissiya tuzildi. Komissiya quyidagi ikkita loyihani ishlab chiqdi:
Birinchi loyiha amaiga oshmasdan, mahalliy joylarda ya’ni guberniyalarda maxsus arxiv komissiyalari tuzilib, bu komissiya hujjatlami to‘plash, ulami saralash va saqlash hamda alohida guruhlarga ajratish, shuningdek, yo‘qotish bo‘yicha instruksiyalar ishlab chiqdi. Masalan, 1884-yilning 13 aprelida Rossiya olimlari tomonidan “Arxiv komissiyasini tashkil qilish to‘g‘risida” nizom qabul qilindi. Nizomga ko‘ra, tarixiy ahamiyatga molik va ish yuritishda yakunlangan yig‘ma jildlar va hujjatlami to‘plash, saqlash bo‘yicha gubemiyalarda mahalliy tarixiy arxivlar tashkil qilindi. Yuqoridagi ish57 lar va hujjatlami to‘plash, saqlash hamda tartibga keltirish vazifasi gubemiyalarda tashkil qilingan arxiv komissiyalari zimmasiga yuklandi. Komissiya tarkibi Sankt-Peterburgdagi Arxeologiya instituti direktori bilan mahalliy gubematoming roziligi asosida gubemiya boshqamvi xizmatidagi yoki xizmatda bo‘lmagan va o‘z bilimi mahorati bilan arxiv ishida yordam bera oladigan xodimlardan tuzilgan. Gubemator to‘g‘ridan to‘g‘ri komissiya ta’sischisi hisoblanar edi. Komissiyaning birinchi majlisida uning a’zolari orasidan - rais saylangan.
Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling