1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahassislikka kirish fanining fanning asosiy manbalari
Mavzu: Bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish
Download 352.49 Kb.
|
1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahas-fayllar.org
15. Mavzu: Bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish
Bo’lajak o’qituvchilar o’zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda To’la namoyon qilishlari mumkin. Agar bo’lajak o’qituvchilarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash va qo’rquv hissi mavjud bo’lsa yoki tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko„nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo’lmaydi. Bo’lajak pedagoglarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko„nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash Ko’nikmalarini baholashda qo’llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bo’lajak o’qituvchilarda kreativ fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishda pedagog alohida o’rin tutadi. Bu jarayonda “pedagogning roli auditoriyada kreativlik muhitini yaratishdan iborat. Vaholanki, pedagog guruhda bo„lajak o’qituvchilar O’zini erkin seza oladigan va o„z fikrlari, g„oyalari bilan bo’lisha oladigan muhit yaratishi lozim. Bo’lajak o’qituvchilar inson ongida yuz berayotgan jarayonlarniyanada faollashtirish uchun o„rnatilgan qonun qoidalar, standartlardan chetga chiqib, turli savollar berishda erkin harakat qilishlari kerak. Pedagog bo’lajak O’qituvchilardagi kreativlikni noodatiy g’oyalarni o’rtaga tashlash va ularni verbal vanoverbal tarzda rag„batlantirish orqali qo’llab-quvvatlaydi. Pedagogning bo’lajakO’qituvchilar berayotgan kreativ g’oyalariga nisbatan to’g’ri munosabati ularningmumkin bo„lgan va mumkin bo’lmagan shartlarni anglashida muhim ahamiyatga ega. Mazkur elementlarning barchasi pedagog-talaba munosabatining muhim qismi bolib, Bo’lajak o„qituvchilar muvaffaqiyatini ta‟minlaydi. Kreativ muhitda ta’lim olayotgan Bo’lajak o’qituvchilarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi, shuningdek, kreativ tafakkurga ega pedagogni kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo„ladi. Kreativlik xarakteridagi o’quv-bilish muhiti bo’lajak O’qituvchilarda ta‟lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo„lgan tanqidiy va kreativ fikrlash ko’nikmasining rivojlanishiga olib keladi.Bo’lajak o’qituvchilarning kreativ tafakkurga ega bo’lishlari ularda ijodiymuhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog„liq. To’laqonli kreativlik xarakteriga ega ta’lim muhitini yaratish puxta o’ylangan rejaga tayanadi. Pedagoglar agarda o’zlarining kreativ o’qitish metod va strategiyalarini Qo’llash katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni bo„lajak o„qituvchilar ongiga singdirishlari va o„z vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim. Qolaversa, “kreativ xarakterga ega muhitdagina bo„lajak o„qituvchilar o„rganayotgan mavzuning mazmuni, o„quv axborotlar o„rtasidagi o„zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo„ladi va bu haqida fikrlashni boshlashadi. Muayyan omillar pedagoglarda kreativlik sifatlari, malakalarini rivojlantirishga To’sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda pedagoglar ushbu omillarni bartaraf etishga e‟tibor qaratishlari lozim. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi: 1) tavakkal qilishdan qochish; 2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo’pollikka yo’l qo’yish; 3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; 4) boshqalarga tobe bo’lish; 5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash. Download 352.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling