1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahassislikka kirish fanining fanning asosiy manbalari


Mavzu: O‘qituvchining kasbiy kompetentsiyaning mazmuni va tuzilishi


Download 352.49 Kb.
bet18/29
Sana02.06.2024
Hajmi352.49 Kb.
#1838955
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahas-fayllar.org

19. Mavzu: O‘qituvchining kasbiy kompetentsiyaning mazmuni va tuzilishi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida ta’lim tizimining barcha jabhalarida jumladan, ta’lim muassasalarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasidagi muhim ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning kelajakda rivojlanishi, raqobatbardosh kadrlarga bog’liqdir, bu sohani mukammal amalga oshirish bevosita pedagog kadrlarning kompetentlik darajasiga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi Parlamenti, hukumat vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarda o’z aksini topgan: O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF 4947-sonli Farmoni asosida “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlanishtirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi”ning to’rtinchi ustuvor yo’nalishida olg’a surilgan g’oyalarning mazmun-mohiyatida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2015 yil 12 iyunda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF 4732-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlar to’g’risida”gi 242-sonli Qarori shular jumlasidandir. Mazkur ma’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus vazirligi tomonidan 2015 yil 24 avgustda “Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligini hamda kompetentligiga qo’yiladigan malakaviy talablar zamonaviy pedagog kadrlar kompetentligining komponentlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Unda quyidagilar belgilab berilgan:
Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lish:
Mustaqillik g’oyalari asosida ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;
Zamonaviy pedagog imidjini bilish hamda pedagogning o’z-o’zini kasbiy va shaxsiy jihatdan takomillashtirish;
Vaziyatga to’g’ri baho berish va siyosiy hushyor bo’lish;
Pedagogik ish uslublarini bilish va amaliyotda qo’llash;
O’quvchi-talabalarning kreativ salohiyatini baholash mezonlarini bilish;
Shaxsga psixologik tavsifnoma berish, jamoadagi va o’zidagi psixologik holatlarni tahlil qilish;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalda qo’llay bilish;

Yuqoridagi vazifalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish bugungi o’qituvchida “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari shakllanganmi?O‘tgan asrning 60-70-yillarida ta’limda yangi tadqiqot yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Kompetensiya lotincha so‘z bo‘lib “compete” – kirishayapman, munosibman, loyiqman yoki bir sohadagi bilimlar, tajribalar ma’nolarini anglatadi. Demak, inson ma’lum sohani yaxlit biladigan, tajribaga ega bo‘lgan kabi ma’nolarni bildiradi.


“Kompetentlik – bilimdonlik, kasbga moslik, malakalilik, tajribalilik, rahbarlik faoliyatiga singdirib borish”.
“Kompetensiya – biror kishi juda yaxshi bilgan yoki xabardor bo‘lgan masalalar doirasi”1 - deb rus psixologi B.D.Elkonin ta’rif bergan.
“Kompetensiya – biror kishining vazifalari, huquqlari doirasi”2 – deb S.I.Ojegov aytib o‘tgan.Umuman “kompetensiya” va “kompetentlik” atamalari pedagog olimlar tomonidan bir xil tahlil etilmaydi. Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos M.Xomeki (1956) Massachutes universiteti tomonidan taklif etilgan “kompetensiya” atamasining umumiy ma’nosi shakllandi. Yevropa kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996 yil) “kompetensiya” – qobiliyat, mahorat singari tushunchalar qatoriga kiritilganligi ta’kidlanadi.
“Kompetensiya” so’zi lotinchadan “erishaman, to’g’ri qilaman” degan ma’nolarni bildiradi. Subyektning maqsadni qoyish va unga erishish, tashqi va ichki zaxiralarni samarali birga tashkil qila olishga boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan kasbiy masalalarini yecha olishga shaxsiy qobiliyatidir.SHakldan ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligining shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatar ekan, bular:
1) motivatsion omil – o‘quv hamda kasbiy harakatlarni eski qarashlardan holi bo‘lgan holda amalga oshirishga intilish,ijodiy qiyinchiliklarga tayyor bo‘lish hamda bu boradagi yutuqlarga, ijodiy jarayonlarga intilish, topilgan echimlardan qoniqish hosil qilish. Bunda etakchi motivlar – o‘zining yangi echimlarini topishga qiziqish, ijodiy faoliyatini tashkil etishga intilishdir, ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlik hamda yangilikka intilish motivlari shakllantiriladi;
2) intellektual omil – muammoli ta’lim ko‘nikmalarini egallaganligi (muammoni ko‘ra bilish, uni shakllantirish, muammoni hal etish yo‘llarini topish va hokazolar), fikrlashning kreativligi (nostandart echimlar qabul qiluvchi shaxsning botiniy qobiliyati), moslashuvchanligi hamda tizimliligi, ijodiy tasavvur, modellashtirish, loyihalash, bashorat qilishga, yangi g‘oyalarni topishga moyillik. Fan nuqtai nazaridan yuzaga keladigan muammolarni to‘g‘ri hal qilishda o‘qituvchiga berilgan bilimlardan ijodiy tasavvur qilish hamda yangi g‘oyalarni topishga intilish seziladi;

3) irodaviy omil – izlanish davomida, modellashtirish hamda o‘quv va kasbiy vazifalarni hal qilish uchun o‘z faoliyat yo‘lini yaratishda iroda sifatlarini namoyish qilish. Fanlarda berilgan individual topshiriqlarni bajarishda o‘qituvchining irodaviy sifatlari va izlanish faoliyatlari shakllanadi;


4) hissiy omil – izlanuvchanlik, kashfiyot va ixtirolarni amalga oshirishga xos hissiyotlarning namoyon bo‘lishi, o‘quv hamda kasbiy faoliyatda kreativ echimlarni topish yo‘lida ziyrak bo‘lish. Bunda o‘qituvchidagi emotsional omil shakllanadi;
5) amaliy-predmetli omil – atrofdagilarga g‘ayrioddiy bo‘lgan xulq egasi bo‘lish (yangi axborotlar ichida tez yo‘nalish topa olish, noan’anaviy echimlar izlash, fikrlash, harakat va amallarning atrofdagilar uchun kutilmagan yo‘nalishda o‘zgarishi). Bunda o‘qituvchidagi individuallik namoyon bo‘ladi;
6) o‘z-o‘zini boshqarish omili – ijodiy jarayonda refleksiya qila olish qobiliyati, o‘z fikrlarini zarur yo‘nalishda boshqara olish, yangi echimlar, g‘oyalar topish imkonini beruvchi manbalarga intilish, o‘z ijodiy faolligini ta’minlash uchun mustaqil ravishda sharoit yarata olish. O‘qituvchining ijodkorligini, yangi echimlar va g‘oyalar topa olishda mustaqil ishlay olishini ko‘rsatadi.Kelajakda o‘qituvchilik kasbi bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilarda psixologik-pedagogik komponentlardan biri, bu «esda saqlash» shaxsiy sifatining ma’lum darajada yuqori bo‘lishi taqozo qilinadi. Bundan tashqari, amalga oshirilayotgan ishlar tuzilishiga ko‘ra bir nechta bilimlarning integratsiyasi, o‘zaro aloqadorligi va undan foydalanish metodikasini o‘z ichiga oladi. Professor T.R.Tolaganov o‘z tadqiqotlarida,– «O‘qituvchi har doim o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zaro bog‘liq bo‘lgan dialogida qatnashadi, chunki o‘quv materialiga muvofiq xulosa chiqarishi uchun u o‘zining bilimlar blokiga tez-tez murojaat qilib turadi»,- deb ta’kidlagan .Har bir o‘qituvchi imkoniyatiga, asosan bilimga bo‘lgan intilishiga ko‘ra o‘zining axborot maydoniga ega bo‘ladi. Bu bilimlar tuzilmasiga ko‘ra, texnik va texnologik mazmundagi, psixologik-pedagogik, falsafiy, fizik-matematik hamda boshqa ko‘rinishdagi bilimlar to‘plami bo‘lib, o‘qituvchi qaysi yo‘nalishga mos bilimlar kerakligiga tayangan holda, shu mazmundagi bilimlarni axborot maydonidan ajratadi. Bu bilimlarni chuqurlashtirib talab qilingan maqsadda foydalanishga harakat qiladi.

Download 352.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling