1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari. Korxonaning narx siyosati va shakllanish strategiyasi. Tarmoqda narxning shakllanishi


Download 304 Kb.
bet3/6
Sana07.03.2023
Hajmi304 Kb.
#1246222
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

1-jadval

Sanoat korxonаlari narxlarining shakllaniishida sanoat mahsulotlari narxlari indeksi taʼsiri qiladi. 1-jadvalda 2000-2019 yillada sanoat mahsulotlari narxlari indeksi keltirilgan. 2000-yilda o‘tgan yilga nisbatan narxlar indeksi 170.2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 128.2 foizga pasaygan. Bu esa sanoat mahsulotlariing narxi barqarorlashganini anglatadi. Narx shakllanishida raqobat muhim о‘rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutqazish narxni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor kо‘p bо‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar kо‘p bо‘lib, ular raqobatlashishsa, past narxlar vujudga keladi.
1. Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan о‘ta past narxlar ham paydo bо‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xо‘jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab qiladi.
Sanoat korxonalarida raqobat sharoitida aholi imkoniyatlaridan kelib chiqib, narxlar diversifikatsiyasi uch xil bо‘lishi mumkin:

  • iste’molchi daromadiga kо‘ra

  • iste’molchi hajmiga kо‘ra

  • tovarlar turiga kо‘ra

1. Iste’molchilarni daromadiga kо‘ra narxlarni belgilashning ideal varianti har bir xaridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal narxni xaridorning zahira narxi deb qaraladi.
Xaridor uchun zahira narx belgilashda iste’molchilarning daromadiga kо‘ra narxlarni ideal diversifikatsiyasilash deyiladi. U mahsulot narxini har bir xaridor uchun maksimal darajada qilib belgilaydi.
2. Iste’molchi hajmiga kо‘ra narxlar diversifikatsiyasi. Ba’zi bir tovarlarga bо‘lgan talab u tovarni ishlab chiqarish va sotish oshgani sari kamayib boradi. Bunday tovarga elektr engergiyasi misol bо‘la oladi. Iste’molchi bir oyda minimum miqdordagi elektro energiyaga pul tо‘lab, ortiqchasiga tо‘lash qobiliyati pasayib boradi, bо‘nday holatda narxlarni differensiatsiya qilish lozim bо‘ladi. Ya’ni har xil miqdordagi iste’mol qilingan bir xil tovarga har xil narx belgilash.
Birinchi bosqichda, ma’lum miqdorgacha iste’mol qilingan elektro energiyaga alohida narx, ikkinchi bosqichda qо‘shimcha miqdordagi istemol qilingan elektro energiyaga kamroq narx belgilash lozim. Bu bosqichlarni uyali telyefon tarif rejalarida ham qо‘llash mumkin.
3. Tovarlar kategoriyasiga kо‘ra narx belgilash. Ushbu turdagi narx differensiatsiyasi xaridorlarni ularning talabiga kо‘ra bir necha guruhlarga bо‘linishi mumkin. Har bir guruxning talab chizig‘i, boshqa guruhnikidan о‘zgacha bо‘ladi. Misol uchun samaliyotga, paraxotga sotiladigan chiptalarni klasslarga bо‘lish va h.k. Tovar kategoriyasiga qarab narx belgilashda ikkita shart bajarilishi lozim: Birinchi shartga kо‘ra, ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar tovarni haridorlar guruhlarga shunday taqsimlash kerakki, har bir birlik tovardan olingan chekli daromadning qiymati bir xil bо‘lishi kerak.



Download 304 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling