1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari. Korxonaning narx siyosati va shakllanish strategiyasi. Tarmoqda narxning shakllanishi


Download 304 Kb.
bet1/6
Sana07.03.2023
Hajmi304 Kb.
#1246222
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu


Mavzu: Narx (baho) larning shakllanishi.


Reja:


1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari.
2. Korxonaning narx siyosati va shakllanish strategiyasi.
3. Tarmoqda narxning shakllanishi.
4. Narxni aniqlash usullari.


1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari.

Narx (baho) bozor kategoriyasi bо‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan iqtisodiy munosabatlar vositasi hisoblanadi. Ilmiy jihatdan asoslangan narx va baho belgilash iqtisodiyotni tartibga solish vositalaridan biri hisoblanadi.


Narx (baho) siyosati davlat iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va istiqboldagi strategiyasini belgilashning muhim ajralmas qismidir. Shu bois ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish raqobat muhitini yaratish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqish, ishchilaring tashabbuskorligini rivojlantirishda narx belgilash siyosati alohida о‘rin egallaydi. Narxni iqtisodiy mexanizmlarni harakatga keltirish ustuni deyish mumkin. Korxona ishchi xodimlariing daromadlari, ularning iqtisodiy manfaatlari tovar narxining tо‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq.
Narx bozor konyukturasini kо‘rsatib turadigan ulchov asbobining kо‘rsatkichidir. Narx pul-kredit siyosatining samaradorligi va iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq. Davlatning korxonalar va ularning xodimlari hamda aholining individual rejali bog‘lanishi baho yordamida tartibga solinadi, yalpi ichki mahsulotni iqtisodiy о‘sishi, jamg‘arish va qayta taqsimlash amalga oshiriladi. Narxni qiymat asosida belgilanadi, lekin bozorda u qiymatdan past yoki yuqori bо‘lishi mumkin. Bu holat bozordagi tovarga bо‘lgan talab va taklif qonuniga bog‘liq. Shu bois tovarni bozor baholaydi. Tovarning narx darajasi, tovarning naflilik darajasi va boshqa о‘rnini bosuvchi tovarlar, muomaladagi pulning xarid qiymatiga ham bog‘liq bо‘ladi. Bozor munosabatlari sharoitida narx yordamida sanoat korxonalari faoliyatini tashkil etishning asosiy savollaridan biri nima ishlab chiqarish kerak ekanligini hal etishdir. Narx XX-XXI asrda tovar taklifi, aholining tо‘lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslari narxi tо‘g‘risida axborot beruvchi asosiy vositalaridan biridir.
Narxning asosi bо‘lgan qiymat iqtisodiy kategoriya bо‘lib, tovarga srflangan mehnat sarfi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Tovar ishlab chiqarishida moddiylashgan va jonli mehnat sarflanadi. Zero, qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Balki, qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoy zarur mehnat sarfidir. Ya’ni ehtiyojni qondira olish va bozorda tan olinishi mumkin bо‘lgan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu sarf qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Bozorda tan olinmagan qism xarajatlarini kamaytirish zarur.
Narxlar pul-kredit munosabatlari muomalasining turlari va sotiladigan mahsulot turiga kо‘ra farqlanadi. Narxning turlari bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari quyidagilardir:
a) ulgurji narxlar. Ular firmalar о‘z mahsulotlarini katta hajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida qо‘llaniladi. Ulgurji narx korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni, zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur;
b) chakana narxlar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu narxlarga davlat savdosi, xususiy mulk egalari dо‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan narxlar kiradi. Chakana narx darajasi aholining peal daromadlari bilan belgilanadi.
v) xarid narxlari qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi.
g) dunyo narxlari xalqaro savdo munosabatlarida qо‘llaniladi.
Narxlar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga о‘z vazifalari orqali ta’sir etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijlimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi narxni hosil qiladi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda, narx - tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Amaliy jihatdan qaralganda esa, narx - muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi. Ma’lum­ki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bо‘lib, ishlab chiqa­rishning о‘zidagi mehnat sarfi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning majmuasi qiymat demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i, ehtiyojni qondira olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishti­rok etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi narxni hosil qiladi.
Narxning mazmun va mohiyatini uning funksiyalari yaqqol kо‘rsatib beradi. Narx qaysi manbadan qat’iy nazar unung beshta asosiy funksiyasi mavjud:
1. Muvozanatni ta’minlash funksiyasi.
2. О‘lchov funksiyasi.
3. Regulyator funksiyasi.
4. Raqobat vositasi funksiyasi.
5. Ijtimoiy himoya funksiyasi..
Narxning hosil bо‘lishi murakkab bо‘lib, uning ishtirokchilari kо‘pchilikni tashkil etadi. Narxlar turli vazifalarni bajarganligi sababli ham ularning turi kо‘p.
Narxlarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
1. Ulgurji narxlar.
2. Chakana baholar.
3. Nufuzli narxlar.
4. Dotatsiyali narxlar
5. Davlat narxlari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda qо‘llaniladi.
6. Mavsumiy narxlar.
7. Milliy va jahon narxlari
8. Standart narxlar.
9. Preyskurant narxlar.
10. Maksimal narx.
11. Minimal narx.
12.Ob’yektiv narx.



Download 304 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling