1. Nasos deb nimaga aytiladi?
Metallarning mexanik xossasi
Download 208.28 Kb.
|
SAVOLLAR JAVOBLARI BILAN @nqgit uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.TEXNOLOGIK XOSSALAR Metallarning texnologik xossasi.
Metallarning mexanik xossasi. Metall va qotishmalarning mexanik xossalari, ularing tashqi kuchlarga qarshilik ko‘rsata olish xususiyatini belgilaydi. Mexanik xossalar metallarning kimyoviy tarkibi, strukturasi, texnologik ishlov berish usuli va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Mexanik xossalarni ma’lum bo‘lsa, metallarga ishlov berish vaqtida hamda konstruksiya va mexanizmlarning ish jarayonida ularning o‘zini qanday tutishi haqida hukm yuritish mumkin. Metallarga ta’sir etish harakteriga ko‘ra uch xil tashqi yuklanish bo‘ladi:
- statik yuklanish – doimiy yo’sinda yoki juda sekin o‘sib boruvchi kuch ko‘rinishida ta’sir qiladi. - dinamik yuklanish – zarb harakteriga ega bo‘lib, bir onda ta’sir qiladi. Siklik yoki o‘zgaruvchan ishorali yuklanish-qiymati yoki yo‘nalishi yoxud ham qiymati, ham yo‘nalishi bir yo‘la o‘zgaruvchan kuchlardir. Yuklanish ta’siridan qattiq jismda, ya’ni metallarga kuchlanish va deformatsiya paydo bo‘ladi. Kuchlanish - sinalayotgan namunaning ko‘ndalang kesim yuzining yuza birligiga to‘g‘ri keladigan yuklanish kattaligidir. Deformatsiya metallning tashqi kuchlar ta’siridan o‘z shakli va o‘lchamlarini o‘zgartirishidir. Cho‘zilish, siqilish, egilishburalish, qir-qilish deformatsiyalari bo‘ladi. Ular metallni yemiradi, qoldiq deformatsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun metallarning mexanik xossalarini bilish zarur. Hozirgi zamon sinash usullari bu xossalarining tavsifnomalarini hamda ularning turli mashina va mexanizmlar tayyorlash uchun yaroqligini aniqlash imkonini beradi. Metallarning asosiy mexanik xossalarga mustahkamlik, qattiqlik, elastiklik, zarbiy qovushqoqlik kiradi. 4.TEXNOLOGIK XOSSALAR? Metallarning texnologik xossasi. Metall va qotishmalarning texnologik xossalari sovuq holatda va qizdirilganda ularga ishlov berish xususiyatini harakterlaydi. Texnologik xossalari ularga u yoki bu ishlov berish usullariga yaroqli ekanligi haqida sifatli ma’lumot beruvchi texnologik namunalarda aniqlanadi. Asosiy texnologik xossalariga payvandlanuvchanlik, bolg‘anuvchanlik, ishnanuvchanlik, quymakorlik xossalari va boshqalar kiradi. Payvandlanuvchanlik deb, payvandlanadigan sirtlarning plastik yoki suyuq holatgacha qizdirib, ajralmas mustahkam birikmalar hosil qila olish xususiyatiga aytiladi. Kam uglerodli po‘lat yaxshi payvandlanadi, cho‘yan va rangli metallar esa yomon payvandlanadi. Bu juda muxim xossa hisoblanadi, chunki payvandlash metall inshootlarni biriktirishda yuqori ish unumi, samaradorlik va puxtalik ta’minlovchi asosiy jarayon hisoblanadi. Metallning bosim ostida bolg‘alanib va prokatlanib ishlanuvchanlik xossasiga ya’ni qizdirilgan holatda yoki sovuqlayin zarb yoki bosim ta’sirida kerakli shaklga kirish xususiyatiga bog‘lanuvchanlik deb aytiladi. Ishlanuvchanlik deb, metallning kesib ishlov berish mumkinlik xossasiga aytiladi. Bu xossalar mashinaning ish sharoitiga bog‘liq holda maxsus sinovlar o‘tkazib aniqlanadi. Ekspluatatsion xossalardan eng muximi yeyilishga chidamlilikdir. Yeyilishga chidamlilik materialning yeyilishga, ya’ni ishqalanish tufayli buyum tashqi sirtining yemirilishidan o‘lcham va shaklini asta-sekin o‘zgartirishga qarshilik ko‘rsata olish xossasidir. Metallarni yeyilishga sinash laboratoriya sharoitida namunalarda, real ekspluatatsiya sharoitida esa detallarda o‘tkaziladi. Namunalarni sinashda ishqalanish sharoiti real sharoitiga yaqin qilib olinadi. Namuna yoki detallarning yeyilish kattaligini turli usullar bilan, chunonchi o‘lchamlarni o‘lchash, namunalarni tortib ko‘rish kabi usullar bilan aniqlanadi. Ekspluatatsion xossalarga, sovuqqa bardoshlik, issiqqa bardoshlik, antifriksion xossalar va boshqalar ham kiradi. Download 208.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling