1. Nasos deb nimaga aytiladi?


-rasm. Markazdan qochma nasos


Download 208.28 Kb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi208.28 Kb.
#1492648
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SAVOLLAR JAVOBLARI BILAN @nqgit uz

2.26-rasm. Markazdan qochma nasos
sxemasi.
1,7- klapan; 2- sorish quvuri; 3- ishchi
g‘ildirak; 4- o‘q; 5- qobiq; 6- haydash
quvuri; 8- zadvijka.



2.27-rasm. Ko‘p bosqichli, markazdan qochma nasos sxemasi.
1-ishchi g‘ildirak; 2-qobiq;
3- o‘q; 4- aylanma kanal.



Natijada ishchi g‘ildiragiga kirishdagi bosim pasayib, suyuqlik beto‘xtov nasosga so‘rib boriladi. Markazdan qochma turdagi nasosni ishga tushirishdan oldin nasos ichida siyraklanish hosil qilish uchun uning ichiga suyuqlik quyiladi. Nasosdan suyuqlik orqaga oqib ketmasligi uchun, qaytarish klapani so‘rish trubasiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Gidravlik mashinalar bir va ko‘p bosqichli nasoslarga bo‘linadi.


Bir bosqichli nasosning bosimi 50 m suv ustunidan oshmaydi. Shuning uchun yuqori bosim hosil qilish uchun bir o‘qning o‘ziga ketma-ket bir necha ishchi g‘ildiragi o‘rnatiladi.
Ko‘p bosqichli nasosning bosimi g‘ildirak soniga proporstional. Ko‘pincha g‘ildiraklar soni beshtadan ortmaydi (2.27- rasm). Porshenli nasoslar

Porshenli nasoslar plunjer yoki porshenni stilindrda ilgarilama-qaytma harakati yordamida suyuqlikni siqib chiqarish prinstipiga asoslangan (2.35-rasm). Porshenni o‘ng tomonga qilgan harakatidan keyin, stilindrning chap qismida havoni siyraklanishi sodir bo‘lib, so‘rish klapani ochiladi va so‘rish quvuri orqali suyuqlik stilindrga tortib olinadi. Porshen chapga surilganda so‘rish klapani berkilib, uzatish klapani ochiladi va suyuqlik haydash quvuri orqali uzatila boshlaydi.



Porshen krivoship-shatunli mexanizm yordamida harakatga keltiriladi. Porshen stilindrda zichlovchi halqalar yordamida siqib turiladi. Porshenli nasoslar uzatmasi turiga qarab, bevosita ulanuvchi va uzatmali bo‘ladi.


Bevosita ulangan nasoslar bug‘ nasoslar yordamida harakatlanadi, bunda nasos porshen bilan bitta shtokda joylashgan bo‘ladi. Uzatmali nasoslar elektr yuritkich yordamida harakatga keltiriladi. Nasoslar krivoship aylanish chastotasiga qarab, sekin aylanadigan (n=45...60 min-1), o‘rtacha (n=60...120 min-1) va tez aylanadigan (n=120...180 min-1)larga bo‘linadi.
Porshenli nasoslar vertikal va gorizontal bo‘lishi mumkin.
Yuqori bosimli nasoslar 100 MPa gacha bo‘lgan bosimni ta’minlab bersa, yuqori mahsuldorlik nasos esa, soatiga 60 m3 suyuqlik haydab beradi.
Porshenli nasoslar uchun so‘rish va uzatish jarayoni davriy bo‘lib, suyuqlikni uzatish bir tekis amalga oshmaydi.
Notekis uzatishni bartaraf etish uchun ko‘p tomonlama ta’sir etuvchi nasoslar qo‘llaniladi.
Ikki tomonlama ta’sir etuvchi nasosda 2 ta so‘rish va 2 ta uzatish klapani bor (2.36-rasm). Krivoship to‘liq aylanib chiqqanda stilindrning ham chap, ham o‘ng tomonidan navbatma-navbat uzatish va so‘rish jarayonlari sodir bo‘ladi.
Plunjerning o‘ng tomonga qo‘zg‘alishida, chap tomonidagi so‘rish klapani ochiladi va suyuqlik stilindrning bo‘shlig‘iga so‘riladi. Shu vaqtda esa, o‘ng tomondagi uzatish klapani ochilib, suyuqlik stilindrning o‘ng qismidan quvurga uzatiladi. Plunjer orqaga qaytganda esa, o‘ng tomonning so‘rish klapani ochilib, chap tomonning uzatish klapani ochiladi.
Plunjerda siqish halqalari bo‘lmaydi va uzunligining diametriga nisbati katta bo‘ladi.
Suyuqlikni bir tekisda uzatishni ta’minlash uchun uch tomonlama harakatlanadigan nasoslar yordamida amalga oshirish mumkin. Oddiy xarakatli (bir tomonlama) nasoslarni ketma-ket joylashgan bo‘lib, bunday krivoshiplar o‘zaro 1200 burchak ostida ketma-ket joylashgan bo‘ladi (2.37-rasm).
Krivoshipning to‘liq bitta aylanishida, 3 marta so‘rish va 3 marta uzatish jarayoni sodir bo‘ladi.
Porshenli nasos porshenining bitta harakatidagi nazariy unumdorligi, porshenning vaqt birligida hosil qilgan hajmi bilan aniqlanadi.

Download 208.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling