1. Natural sonlar. Narsalarni sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar
Download 140.58 Kb.
|
Matem 1 dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Natural sonlarni ko’paytirish.
6.Natural sonlarni ayirish
Kitob 72 betdan iborat. Shahzoda kitobning 48 betini o‘qidi. Kitobning yana necha beti o‘qilmay qoldi? Yechish. Shunday sonni topishimiz kerakki, unga 48 ni qo‘shganda, 72 hosil bo‘lsin. Bunday son - 24, chunki 48 + 24 = 72. Javob: Kitobning yana 24 beti o‘qilmay qolgan. Bu holda 24 soni 72 va 48 sonlarining ayirmasi deb ataladi va 72 - 48 shaklida ifodalanadi. Demak, 72 - 48 = 24. Yig’indi va bitta qo‘shiluvchiga ko‘ra ikkinchi qo‘shiluvchini topishga ayirish amali deyiladi. ( 72 kamayuvchi, 48 ayiriluvchi). Sonlarni airing. a) 1 584 - 239; b) 65 432 - 12 345; e) 4 000 - 798; d) 18 644 538 - 7 974 683; f) 75 319 - 8 642; g) 200 000 000 - 88 748 345. h ) 93634003000 - 7569405302= i) 21517181194 - 406503083= 1 litr suvning massasi 1 kg ga teng. 1 litr benzinning massasi esa undan 270 g kam. 1 litr benzinning massasi qancha? Javob____? 7. Natural sonlarni ko’paytirish. Ko‘paytma ko‘rinishida yozing va hisoblang. a) 18 + 18 + 18 + 18 +18; b) 158 + 158 + 158; d) a + a + a + a + a + a + a. Yig’indini oldin ko‘paytmaga keltirib, so‘ng hisoblang: a) 63 + 63 + 63 + 63 + 63; b) 425 + 425 + 425 + 425; d) 1202 + 1202 + 1202. a) 56; 854; 200 sonlarini 36 marta orttiring; b) 306; 2301; 3904 sonlarini 28 marta orttiring. Ko‘paytmani hisoblang: a) 15 • 9; b) 37 • 59; d) 63 • 24; e) 71 • 86; f) 712 • 14; g) 607 • 35; h) 872 • 314; i) 4 609 • 706; j) 2 155 • 3 328; k) 2 004 • 6 005; l ) 37 • 100; m) 45 000 • 83 000. Ko‘paytirishning guruhlash xossasidan foydalanib ko‘paytmani hisoblang: a) 25 • (4 • 815); b) (111 • 25) • 40; d) 8 • (125 • 25); e) (122 • 8) • 25; f) 5 • 342 • 2; g) 546 • 5 • 4; h) 4 • 987 • 25; i) 125 • 777 • 80 1 kg konfet 5800 so‘m turadi. a) 23 kg; b) 15 kg; d) 8 kg; e) 2 kg konfet qancha turadi? Dono singlisi Nargizadan 7 yosh katta. Uning yoshi otasining yoshidan 3 marta kichik. Agar Nargiza 5 yoshda bo‘lsa, Dono va uning otasi yoshini toping. Ashraf birinchi kun kitobning 27 betini o'qidi. U ikkinchi kuni kitobning birinchi kunga qaraganda 3 marta ko‘p betini o'qidi. U ikki kunda kitobning necha betini o'qigan? Sayohatchi birinchi kuni 12 km yo'l yurdi. U ikkinchi kuni birinchi kunga qaraganda 2 marta ko'p, uchinchi kuni esa birinchi kunga nisbatan 3 marta ko'p yo'l bosdi. Sayohatchi uch kunda qancha masofani bosib o'tgan? Velosipedchi uyidan manzilga 6 km/h tezlik bilan harakatlanib, 4 soatda yetib keldi. Agar u qaytishda tezligini 2 km/h ga oshirsa, uyiga qancha vaqtda qaytib boradi? Download 140.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling