4Muvozanat shartining ikkinchi ko’rinishi.
Ixtiyoriy tekis kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun bu kuchlarning qandaydir ikkita A va B nuqtaga nisbatan algebraik momentlari yig’indisi va AB to’g’ri chiziqqa perpendikulyar bo’lmagan o’qiga proyeksiyalari yig’indisi nolga teng bo’lishi zarur va yetarli.
Bu shartlarning zarurligi ko’rinib turibdi. Bu shartlarning birortasi bajarilmasa, ya’ni yoki bo’lsa, jism muvozanatda bo’lmaydi. Yetarliligini isbotlaymiz. Bu shartlarning faqat ikkitasi bajarilsa, ya’ni bo’lsa, bu kuchlar sistemasi ta’sir chizig’i ham A, ham B nuqtadan o’tuvchi teng ta’sir etuvchiga ega bo’ladi. U holda
bo’lganligi uchun hamda Ox o’qi AB ga perpendikulyar bo’lmaganligidan bu shart faqat bo’lganda, ya’ni muvozanatlashgan kuchlar sistemasi uchun o’rinli.
Muvozanat shartlarining uchinchi ko’rinishi
(uchta moment tenglamalari).
Ixtiyoriy tekis kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun bu kuchlarning bir to’g’ri chiziqda yotmagan , va nuqtalarga nisbatan algebraik momentlari yig’indisi nolga teng bo’lishi zarur va yetarli.
Bu shartlarning zarurligi ko’rinib turibdi, yetarliligi, agar bu kuchlar sistemasi teng ta’sir etuvchiga kelsa, uning ta’sir chizig’i har uchala nuqtadan o’tishi kerakligi, bu esa mumkin emasligidan kelib chiqadi, chunki nuqtalar bir to’g’ri chiziqda yotmaydi.
Barcha uchta muvozanat shartlariga mos muvozanat tenglamalari soni uchtadan. Birinchi muvozanat tenglamalari asosiy hisoblanadi, chunki bu tenglamalarga qo’shimcha shartlar qo’yilmaydi.
4.Bir nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanati. Kuchning o’qqa nisbatan proeksiyasi.
Muvozanat sharti:Teng ta’sir etuvchi nolga teng bo’lishi kerak: R=0
Bundan muvozanat tenglamalari: {1}
Do'stlaringiz bilan baham: |