STATIKA AKSIOMALARI
1. Inersiya aksiomasi – muvozanatlashgan kuchlar sistemasi ta’siri ostida jism muvozanat holatida bo’ladi yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatida davom etadi (Nyutonning I qonuni).
2. Ikki kuch aksiomasi – agar ikkita kuch ta’siri ostida jism jism muvozanat holatida bo’lsa, bu kuchlar modul jihatdan teng va bir to’g’ri chiziq bo’ylab qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi. Bunday ikki kuch muvozanatlashgan kuchlar sistemasini tashkil qiladi.F=-F{vektor bor tepasida}
3. Qo’shish teoremasi – Berilgan kuchlar sistemasiga muvozanatlashgan kuchlar sistemasini qo’shish (yoki ayirish) natijasida jismning kinematik holati o’zgarmaydi.
4. Nolga ekvivalent kuchlar sistemasining ekvivalentligi - Ikkita nolga ekvivalent kuchlar sistemasi o‘zaro ekvivalent boladi
5. Parallelogramm aksiomasi – Ikkita kesishuvchi kuchlarning teng ta’sir etuvchisi bu kuchlarga qurilgan parallelogrammning diagonaliga teng.
Ta’sir va aks ta’sir aksiomasi – Har qanday ta’sirga unga teng va
qarama-qarshi yo’nalgan aks ta’sir mavjud (Nyutonning III qonuni}
7. Qotish aksiomasi – Deformatsiyalanuvchi jismning muvozanati qotirilishi natijasida saqlanadi (teskarisi har doim ham o’rinli bo’lavermaydi).
2.Bog’lanishlar va bo’glanish reaksiya kuchlari.
Bog’lanishlar va ularning reaksiyalari
Erkin jism – jismning harakat (ko’chish) erkinligi boshqa jismlar bilan chegaralanmagan.
Erkin bo’lmagan jism – uning harakati (ko’chishi) boshqa jismlar tomonidan chegaralangan.
Bog’lanish – jismning u yoki bu yo’nalishda harakatini (ko’chishini) chegaralovchi boshqa jism.
Bog’lanish reaksiyasi – bog’lanish tomonidan jismga ta’sir etuvchi kuch.
STATIKANING Bog’lanishlardan ozod qilish aksiomasi – erkin bo’lmagan jismga ta’sir etuvchi bog’lanishlarni ularning reaksiyalari bilan almashtirib, jismni erkin deb qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |