1. Neolibiralizm va Keynschilik. Keyns g‘oyalarining vujudga kelishi


Keyns ta’limotlarining xususiyatlari hozirgi davrdagi axamiyati


Download 340.5 Kb.
bet2/2
Sana10.03.2023
Hajmi340.5 Kb.
#1257595
1   2
Bog'liq
6 мавзу

Keyns ta’limotlarining xususiyatlari hozirgi davrdagi axamiyati
J.M.Keyns ta‘limotidagi asosiy yutuqlardan biri shundan iboratki, unda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishning zarurligi ko‗rsatib berildi.
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo‘lgan «aralash iqtisodiyot»ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal qiluvchi o‗rinni egallaydi.
J.M.Keyns fikriga ko‘ra, iqtisodiy jarayonlarning davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiyalari yordamida vositalarni qidirishga, aholining to‘la ish bilan bandligiga erishishga, foiz normasini pasaytirish va belgilashga bog‘liq. Boshqacha aytganda, J.M.Keyns konsepsiyasi bo‘yicha, ssuda foizi qancha past bo‘lsa, investitsiyalarga bo‘lgan qiziqish shuncha yuqori bo‘ladi, bu o‘z navbatida ish bilan bandlikni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi.
20 asrning ikkinchi yarmida J.M.Keyns nazariyasi asosida Yangi keynschilik shakllandi. 50-yillarda keynschilik g‘oyalari rivojlantirilib, yangi g‘oyalar ilgari surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o‘sish sur’atlari doimligini ta’minlovchi mexanizmlarni aniqpash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda «multiplika-tor-akselerator» tizimini hisoblashga asoslangan va o‘ziga xos keynschilikning o‘sish nazariyalari, jamg‗arish qamda iste’mol o‘rtasidagi o‘zoro bog‘lanish harakteristikalaridan foydala-nib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi. Uning ancha ko‘zga ko‘ringan vakillari amerikalik
E.Xansen (1887-1975), P.Samuelson (1915), Yevsey Domar (1914), S.Harris (1897-1974), R.Solou (1924), ingliz Robert Harrod (1900-1978)lar hisoblanadi.
Yangi keynschilikning asosiy tadqiqot ob’ekti makroiqtisodiy miqdorlarning (yalpi talab, yalpi taklif, jamg‘arma) o‘zaro ta’siri hisoblanadi. Ular iqtisodiy o‘sish nazariyasini ishlab chiqdilar. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari investitsiya hisoblanadi. Yangi keynschilar multiplikator tamoyilini akseleratsiya tamoyili bilan to‘ldirdilar. Akselerator prinsipiga ko‘ra daromadlarning o‘sishi konkret sharoitda investitsiyaning ko‘payishiga olib kelishi ham mumkin. Buning ma’nosi shundan iboratki, daromadlarning ko‘payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi, yalpi talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi va Yangi investitsiyalarga bo‘lgan talab kelib chiqadi (Yangi investitsiyalarni ko‘payishi – asosiy maqsad).
Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va bevosita tartiblash chora-tadbirlarini ishlab chiqdilar. Bilvosita ta’sir o‘tqazish usuliga soliq siyosati, byudjet orqali moliyalashtirish, kredit siyosati va b. kiritdilar.
Ularning naza-riyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo‘tadil) sur’atlarda o‘sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish)ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xu-losalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to‘la foydalanishga erishish mumkin. Harrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo‗yicha ayrim parametrlar, chunonchi daromadlar-dagi jamg‘arma hissasi va kapital quyilmalarning o‘rtacha sa-maradorligi uzoq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinomik barqarorlik va doimiy o‘sishga erishish avtomatik ravishda bo‘lmasligi, balki davlat-ning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinli-gini ta’kidlaydilar.
Domar va Harrod modellaridagi farq-boshlang‘ich pozitsiyalardagi ayrim ko‗rsatkichlardir. Masalan, Harrod medelida investitsiya va jamg‘armalar tengligi g‗oyasi, Domarda esa pul daro-madlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari
(taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daro-mad o‘sishini ta’minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, bunda shu narsa ko‗zda tu-tiladiki, o‘sishi bandlikka yordam beradi, bu esa o‘z yo‘lida, kor-xonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldi-ni oladi. Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so‘zsiz tan olishdir; chunki Keyns bo‘yicha, iqgisodiy jarayonlar investitsiya va jamg‗armalar orasidagi proporsiyalar xususiyati hamda dina-mikasiga bog‘liq, aniqroq aytilsa investitsiyalarning ildam o‘sishi, baholar darajasi o‘sishiga sabab bo‘ladi, jamg‘armalar o‘sishi esa korxonalarning to‘la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir.
Keyns g‘oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati. Keyns ta’limoti inqirozlar, urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo‘ldi, chunki favqulotta holatlar davrida davlatning roli kuchli bo‘lishi kerak. Amalda esa ayniqsa, 2-jahon urushidan so‘ng G‘arb mamlakatlarini sotsialistik orentatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat byudjeti qarzlari ko‘payib, ishsizlik ham o‘sgan, inflyatsiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlarni ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqsa. Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo‘li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko‘paytirish (inflyatsiyaga olib keladi), ya’ni emissiya yo‘li ko‘pchilikka oson ko‘rinadi. Bu konsepsiya ma’lum davr mobayniyaa inflyatsiya bo‘lmagan holda minimal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi.
70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo‘yicha neoliberalizm g‘oyalari asosiy bo‘lib qoldi, chunki bu davrda jahoning ko‘pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflyatsiya, davlat byudjetining kamomadi, ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar keynschilarni tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamayganligi ular g‘oyalarining sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar. 70-80-yillar neoliberal g‘oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini egallay boshladi. Ko‘p davlatlarda iqgisodiyotni denatsionalizatsiya qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o‘tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.
Keynschilik onsepsiyasining Monetarizmdan farqi.
Monetarizm va keynschilik konsepsiyalarining umumiy tomonlari shundan iboratki, har ikala nazariya, eng avvalo, bozor iqtisodiyoti sharoitida qo‘llanishga qaratilgan. Ma’lum ma’noda har ikala nazariya bir-birini o‘zaro to‘ldirib turadi.
Agar J.M.Keyns daromadlarning harajatlarga miqdoriy bog‘liqligini asoslab bergan bo‘lsa, M.Fridman esa daromadlarning pulga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi.


Adabiyotlar:


1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., O‘zbekiston, 1998.
2. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T., Fan, 1997.
3. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 364-378b.
4. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. 152-175b.


Download 340.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling