1. Neolibiralizm va Keynschilik. Keyns g‘oyalarining vujudga kelishi
Download 340.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq6 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keyns g‘oyalarining vujudga kelishi
Keyns ta’limoti. Neokeynschilik va J.M. Keyns Reja:
1.Neolibiralizm va Keynschilik. Keyns g‘oyalarining vujudga kelishi Keyns ta’limotlarining xususiyatlari hozirgi davrdagi ahamiyati Neolibiralizm va Keynschilik. Jon Meynard Keyns (1883-1946) – hozirgi zamonning buyuk olimi- iqtisodchisi. Uning dunyoqarashi o‘zi oldin bilim olgan, keyin o‘qituvchilik qilgan Kembridj universitetida shakllandi. U A.Marshall qo‘lida ta’lim oldi. Ammo uning izidan bormadi, o‘ziga xos yo‘nalishda nazariya yaratdi. J.M.Keyns o‘z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. Ular ARS = S/ Y Agar umumiy daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg‗aradilar, ya’ni Delta S q delta S = delta Y. J.M.Keynsning asosiy psixologik qonuniga muvofiq, daromadlarning o‘sib borishi bilan jamg‘armaga bo‘lgan moyillik oshib boradi, ya’ni milliy daromadning jamg‘ariladigan qismi ko‘payadi. Milliy daromad 0 100 200 300 400 500 Iste‘mol (S) 50 100 150 200 250 300 Jamg‗arma (S) -50 0 50 100 150 200 Keyns jamg‘arma va investitsiya o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlab, agar jamg‘arma bilan investitsiya o‘rtasida katta, sezilarli uzilish paydo bo‘lsa, u o‘z navbatida iqtisodiy inqirozga olib kelishini isbotlab berdi. Agar investitsiyalar jamg‘armalardan kam bo‘lsa, u holda yalpi talab taklifdan kam va milliy daromad kamaya boradi. Agar investitsiyalar jamg‘armalarga teng bo‘lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o‘zgarmay qoladi. Keyns g‘oyalarining vujudga kelishi Multiplikator J.M.Keyns investitsiyalarning ko‘payishi bilan milliy daromadning ko‘payishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi. Investitsiyalarning ko‘payishi milliy daromadning o‘sishiga olib keladi va u quyidagi formula ko‘rinishida ifodalanadi: D. Y = D. I Investitsiyalarning ko‘payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining ish bilan bandligining o‘sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko‘riladi. Iqtisodiy samara multiplikator deb ataladi. Multiplikator – bu son koeffitsiyenti bo‘lib, daromad o‘sishi bilan ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan investitsiyalar o‘simi o‘rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R.Kan 1931 yili ishlatgan (ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator). M = dY / d I, yoki M = 1/MRS Multiplikator nazariyasiga ko‘ra, kishilarning jamg‗armaga bo‘lgan moyilligi qancha ko‘p bo‘lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‘ladi. To‘la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, negaki bo‘sh turgan resurslarning bo‘lmaganligi sababli ishlab chiqarishni ortiqcha kengaytirib bo‘lmaydi. Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib, AQShning multiplikatorini aniqladi, u 2,5 ga teng ekan. Bu daromadlar o‘sishi investitsiyalar ortishidan 2,5 marta ortiq degani, ya’ni 1 dollar investitsiya 2,5 dollar daromad keltiradi (ish bilan bandlikni o‘stirish – asosiy maqsad). Likvidlik ustunligi nazariyasi D.M.Keyns «likvidlik usutnligi» (odam o‘zida naqd pul bo‘lishini hohlash) tushunchasini kiritdi. O‘z ishlarining yurishib ketishidan xavotirlanish, kelajakka ishonmaslik kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Kishilarning o‘z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo‗yicha, qo‘yidagi sabab (motiv)larga bog‘liq: harid qilish zarurligi (transaksion motiv); kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan); olib sotarlik sababi. Likvidlikka bo‘lgan talab bilan foiz stavkasi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud: foiz stavkasi qancha yuqori bo‘lsa, odamlarda o‘z aktivlarini naqd shaklda saqlashga bo‘lgan xohish shuncha kam bo‘ladi va aksincha. Download 340.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling