1 Neyron. Sinaps


V juft bosh miya nervi - uch shoxli nervi -n. trigeminus


Download 21.42 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1405755
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nevrologiya

V juft bosh miya nervi - uch shoxli nervi -n. trigeminus.
V shox uch shoxli nerv – n. Trigeminus.
Uch shoxli nerv. Zararlanganda nevralgiya kuzatiladi. Uch shoxli nerv nevralgiyasi xurujsimon ko‘rinishda kechadi, yuzning yarmida sanchuvchi og‘riq, peshona sohaga, kuzga, yukori va pastki jaglarga irradiatsiyalanishi bilan xarakterlanadi. Nerv shoxlarini zararlanishi natijasida innervatsiya sohasidagi barcha sezuvchanliklar buziladi.
Uch shoxli nerv tuguni zararlanishi og‘riq bilan kechadi. Zararlangan nerv yadrosi og‘riq va xarorat sezgisini konsentrik zonalarda buzilishi ko‘rinishida kechadi. Uch shoxli nerv yoki uning tarmoklari zararlanishi xurujsimon og‘riq , ayrim xollarda yosh oqishi, sanchuvchi tiklar bilan kechadi. Xarakatlantiruvchi yadro va uch shoxli nerv tolalari zararlanganda chaynov muskuli parezi kuzatiladi.
Shikastlanish simptomlari.

  1. Yuz sohasida o‘tkir sanchuvchi og‘riqlar.

2. Nerv shoxlarining chiqish joyida og‘riqlar.
3. Og‘riq zonalari.
4. Shikastlangan nerv shoxlari innervatsiya qiluvchi soxalarda hamma turdagi sezgilar yo‘qolishi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi sezgilar yo‘qolishi (ta'm+boshqa).
5. Chaynov mushaklarining parezi va falajliklari (xarakatlantiruvchi yadro yoki uch shoxli nervining mayda tolalari shikastlanganda).


  1. VI juft nerv: anatomiya, tekshirish usullari, zararlanish sindromlari

VI juft uzoqlashtiruvchi nerv (n.abducens)
Harakat nervi yadrosi romb shaklidagi chuqurcha tubida (o‘rta miya) joylashgan. Bu yerdan harakat tolalari boshlanib, miyadan piramida sohasida, miya ko‘prigi va uzunchoq miya oralig‘idan chiqadi va miya asosiga qarab yo‘naladi. Yuqorigi ko‘z oralig‘i orqali ko‘z kosasiga kirib ko‘z olmasini tashqariga qaratuvchi mushakni (m.rectus lateralis) boshqaradi.
Zararlanish belgilari. Bemor narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishidan shikoyat qiladi. Shikastlangan tomonda ko‘z olmasi ichkariga qaragan bo‘ladi, yaqinlashti ruvchi g‘ilaylik. Ko‘z olmasi tashqariga harakat qilmaydi.

  1. VII juft nerv: anatomiya, tekshirish usullari, zararlanish sindromlari


Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling