1 Neyron. Sinaps


VII juft bosh miya nervi - yuz nervi - n. facialis


Download 21.42 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1405755
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nevrologiya

VII juft bosh miya nervi - yuz nervi - n. facialis


Bu nervning harakat o‘zagi nucleus motorius n. facialis Varoliyko‘prigining rombsimon chuqurchani tashkil etadigan yuzasida joylashadi. VII juft nervning tarkibida oralik nervi n. intermedius bo‘lad va shu sababli yana ikki o‘zak tafovut etiladi: ustki so‘lak ajratuvch o‘zak nucleus salivatorius superior, hamda sezuvchi nucleus tractus solitarii. VII juft nerv bosh miyadan Voroliy ko‘prigi va uzunchok miya chegarasidan chiqib, ichki eshituv teshigi orqali-yuz nervinin kanaliga davom etadi. Kanal ichida VII juft nervning tarkibidag oraliq nerv tolalari nerv tugunida bo‘linadi. Bu tugun kanalnin burilish sohasiga to‘g‘ri kelganligi uchun - tizza tuguni gangl. geniculi deyiladi. VII juft nervining harakat tolalari kanal bo‘yla o‘z yo‘nalishini davom ettiradi va kallaning tashqi yuzasiga bigizsimon va so‘rg‘ichsimon o‘simtalar orasidagi teshik foramen stylomastoideum orqali chiqadi. Yuz nervi quloq oldi so‘lak bezi ichidan o‘tib, tolalarga bo‘linadi.
Kanal ichidagi tarmoqlar:
1. Katta toshsimon nerv n. petrosus major - oralik nervining tarmogi bo‘lib, tizza tugunidan ajraladi. Chakka suyagi toshsimon qismining oldingi yuzasidagi tirqish hiatus canalis n. petrosi majori orqali kalla ichki yuzasida paydo bo‘lib, shu nom bilan ataladiga egat orqali yirtik teshik foramen lacerum sohasida kallanin tashqi yuzasiga yo‘naladi. Bu sohada simpatik nerv tolalar n. petrosus profundus bilan qo‘shilib kanotsimon kanal canali pterygoideus bo‘ylab, qanot-tanglay chuqurchasi sohasidagi tugunn (gangl. pterygopolotinum) hosil etishda qatnashadi. (Bu tugunda chikuvchi tolalar xakidagi ma'lumot uch shoxli nerv bilan birg yezilgan. )
. Nog‘ora tori nervi chorda tympani - oralik nervining tarmog‘ 2bo‘lib, tizza tugunidan ajraladi. Kanal ichidan o‘rta quloq bo‘shlig‘ig canaliculus chordae tympani orqali o‘tadi. Bu nerv o‘rta qulok bo‘shlig‘idan: toshsimon - nog‘ora tirqishi fissura petrotympanic orqali tashqariga chiqadi. Til nervi bilan qo‘shilib - tilning ta' bilish so‘rg‘ichlarini innervatsiya etadi.
3. Uzangi nervi n. stapedius - kanal ichidan nog‘ora bo‘shlig‘iga o‘tib, uzangi mushagi m. stapedius ni innervatsiya etadi.
 

  1. VIII juft nerv: anatomiya, tekshirish usullari, zararlanish sindromlari

  2. IX juft nerv: anatomiya, tekshirish usullari, zararlanish sindromlari

  3. X juft nerv: anatomiya, tekshirish usullari, zararlanish sindromlari

  4. XI juft nerv: anatomiya, tekshirish usullari, zararlanish sindromlari

  5. XII juft nerv: anatomiya, tekshirish usullari, zararlanish sindromlari

Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling