1. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va uni dastlabki baholash
Download 28.37 Kb.
|
10. Nomoddiy aktivlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash.
10-mavzu: Nomoddiy aktivlar. Reja: 1. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va uni dastlabki baholash. 2. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash. 3. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. 1. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va uni dastlabki baholash. Nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq asosiy MHXS hujjatlari: Moliyaviy hisobotning konseptual asosi 1-son BHXS “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” 38-son BHXS “Nomoddiy aktivlar” 36-son BHXS “Aktivlar qadrsizlanishi” 32-son ShDQ Sharhi “Nomoddiy aktivlar - vebsayt sarflari” Nomoddiy aktivlar klassifikatsiyasi: Gudvil; Litsenziyalar Savdo belgisi Patentlar Mualliflik huquqi Huquqlar (Franchayzlar) Mijozlar portfeli Brend Tajriba va konstruktorlik Dasturiy ta’minot Nomoddiy aktivlar – bu Moddiy–ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan identifikatsiyalanadigan nemonetar aktivlar hisoblanadi.1 2. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash. 38-son BHXS bo‘yicha nomoddiy aktivlarni xarid qilishning asosiy 4 ta yo‘nalishi keltirilgan: Alohida xarid qilish; Biznes boshqaruv doirasida xarid qilish; Aktivlarni ayriboshlash orqali xarid qilish; Tashkilotning o‘zida yaratilgan nomoddiy aktivlar. Xarid qilingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich qiymat bo‘yicha baholanadi. Boshlang‘ich qiymat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (a) sotib olish narxi, shuningdek savdo chegirmalari va qisman qaytarishlar (ribeyt) chiqarib tashlagan holda import bojlari va qoplanmaydigan soliq summasi; va (b) aktivni belgilangan maqsadda foydalanishga tayyorlash bilan bog‘liq barcha bevosita sarflar. Nomoddiy aktivning dastlabki qiymatiga kiritilmaydigan sarflar: yangi mahsulot yoki xizmatlarni namoyish etish bilan bog‘liq sarflar (reklama va ularni namoyish etish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish sarflarini o‘z ichiga olgan holda); yangi joyda yoki haridorlarning yangi sinfi bilan tijorat faoliyatini yuritish bilan bog‘liq sarflar (xodimlarni o‘qitish bilan bog‘liq sarflarini o‘z ichiga olgan holda); ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar; aktivning raxbariyat tomonidan nazarda tutilgan tarzda foydalanishga yaroqli bo‘lgan, lekin foydalanishga topshirilmagan paytda amalga oshirilgan sarflar; va dastlabki operatsion zararlar, masalan mazkur aktiv yordamida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishga bozor talabini shakillantirish davrida ko‘rilgan operatsion zararlar Download 28.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling