1. Норматив-ҳуқуқий ҳужжат тушунчаси ва турлари. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг ўзаро нисбати. J


Қайси ҳолларда суд буйруғи чиқарилишига йўл қўйилади?


Download 101.11 Kb.
bet23/51
Sana06.05.2023
Hajmi101.11 Kb.
#1435040
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Bog'liq
umumiy savol-javoblar(1)

50. Қайси ҳолларда суд буйруғи чиқарилишига йўл қўйилади? Кредиторнинг сўзсиз талабларига доир аризани кўриб чиқиш натижалари бўйича суд томонидан суд буйруғи чиқарилади.
51. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг асосий принциплари нималардан иборат? . Давлат суверенитети Халқ ҳокимиятчилиги Конституция ва қонуннинг устунлиги Ташқи сиёсат
52. Конституция-ҳуқуқий муносабатларнинг объектлари ва субъектлари. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar sub'ektlar deb atalib, bu huquqiy munosabat sub'ektlari doirasi juda keng. Sub'ektlar qatoriga fuqaro, shaxs, xalq, millat, davlat, deputat va senatorlar, davlat organlari, nodavlat tashkilotlari, o„zini o„zi boshqarish organlari kiradi. Saylov kompaniyasi davrida sub'ektlar miqdori yanada kengayadi, ularga saylov komissiyalari, kuzatuvchilar, vakillar, nomzodlarni kiritish mumkin. Umumiy tarzda aytish mumkinki, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning sub'ekti bo„lib, konstitutsiyaviy-huquqiy normalarga asosan huquq va burchga ega bo„ladiganlar hisoblanadi. Ayrim hollarda chet el fuqarolari yoki fuqarosiz shaxslar ham munosabatlar sub'ekti bo„lishi mumkin. Masalan, fuqarolikni so„rab murojaat qilganda
53. Конституциявий ҳуқуқ нормалари ва институтлари. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq tizimi quyidagi institutlartdan tashkil topgan: Konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari; Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari; Jamiyat va shaxs; Ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi; Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. Instiututlari normalardan iboratdir.
54. Конституциявий ҳуқуқ манбалари ва тизими. Konstitutsiyaviy-huquqiy turli shakllarda ifoda etilgan bo„lib, ular konstitutsiyaviy huquq manbalari hisoblanadi. Ular konstitutsiya, qonun, farmon va boshqa huquqiy hujjatlar ko„rinishida bo„lishi mumkin. Konstitutsiyaviy huquq shakllari (manbalari) bir-biri bilan bog„liq va biri ikkinchisi uchun yuqori yuridik kuchga ega. Masalan, konstitutsiya boshqa qonunlar, farmonlar uchun yuqori yuridik kuchga ega bo„lsa, Prezident farmoni hukumat qarori uchun yuqori kuchga ega. Konstitutsiyaviy huquq, konstitutsiyaviy huquqiy institutlardan tashkil topadi. Konstitutsiyaviy-huquqiy institut – o„xshash turdagi, lekin alohida mustaqil munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar birikmasidir. Har bir Konstitutsiyaviy huquqiy institut manbasi har xil bo„lishi mumkin. Masalan, Prezidentlik instituti manbasi bo„lib, Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonun, qonunlar hisoblansa, Vazirlar Mahkamasi (hukumat) institutlarining manbasi, Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonun, qonunlar, Prezident farmoni,
Konstitutsiyaviy sud qarori bo„ladi. Xuddi shunday shaxs huquqiy holati, saylov institutlari manbalari ham turlicha bo„lishi mumkin. Konstitutsiyaviy huquqiy institutlar mustaqil turdagi normalardan iborat bo„lsada, barcha institutlar o„zaro bog„liq va yaqin aloqada bo„ladi. Ularning bir- biridan butunlay ayirib bo„lmaydi, ana shu asosda yagona Konstitutsiyaviy huquqiy tartibga solish ta'minlanadi.

Download 101.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling