11. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатнинг орқага қайтиш кучи.
Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining qonuni sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab bo‘lmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo‘lgan xatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini joriy etishni yoxud kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar yetkazsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berish mumkin emas.
12. Норматив-ҳуқуқий ҳужжат амал қилишининг тўхтатиб турилиши ва тугатилиши тартиби. Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi quyidagi hollarda o‘zining amal qilishini tugatadi:
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa yuz berganda;
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi qonunda belgilangan tartibda Konstitutsiyaga xilof yoxud haqiqiy emas deb topilganda;
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda;
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi bekor qilinganda.
13. Қонун ҳужжатлари лойиҳаларини Вазирлар Маҳкамасига киритиш тартиби.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
1) o‘z tashabbusi bilan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalarining takliflari va tavsiyalari asosida qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
2) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlariga qonunlar loyihalarini tayyorlash to‘g‘risida topshiriqlar beradi, qonunlar loyihalarini tayyorlash ishini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi;
3) qonunlar loyihalarini davlat organlariga, nodavlat tashkilotlarga va ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuboradi;
4) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning amaldagi qonun hujjatlarining qo‘llanilish amaliyoti hamda ularning samaradorligini o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi axborotlarini eshitadi;
5) qonunlar loyihalarini tayyorlash borasida boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
14. Давлат бошқарув органи ҳамда хўжалик бошқарув органларининг ўзаро фарқи. D.B.O – Vzirliklar, qo`mita, agentlik, inspeksiya, markazlar kiradi.
X.B.O - ташкилий-ҳуқуқий шаклларда ташкил этиладиган хўжалик бирлашмалари хўжалик бошқаруви органлари ҳисобланади:
таркибига кирувчи корхоналарнинг хўжалик бирлашмасига тегишли бўлган акция пакетлари орқали ана шу корхоналарнинг хўжалик бошқарувини амалга оширувчи акциядорлик компаниялари, шу жумладан давлат-акциядорлик компаниялари;
муассис-корхоналар томонидан улар фаолиятига кўмаклашиш учун муассис-корхоналарнинг акциялари пакетларини бошқариш ҳуқуқисиз айрим умумий вазифаларни уларга топшириш йўли билан ихтиёрийлик асосида ташкил қилинадиган уюшмалар.
Masalan, «Ўзбекқоғозсаноат» уюшмасини
Do'stlaringiz bilan baham: |