1. Норматив-ҳуқуқий ҳужжат тушунчаси ва турлари. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг ўзаро нисбати. J


-modda. Normativ-huquqiy hujjatning shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi


Download 101.11 Kb.
bet6/51
Sana06.05.2023
Hajmi101.11 Kb.
#1435040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
umumiy savol-javoblar(1)

34-modda. Normativ-huquqiy hujjatning shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirganda chet el yuridik shaxslariga, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tatbiq etiladi.
35-modda. Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining to‘xtatib turilishi va tugatilishi
Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.
9. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳаларини коррупцияга қарши экспертизадан ўтказиш тартиби.
10. Идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни қабул қилиш тартиби.
idoraviy normativ-huquqiy hujjat — vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora tomonidan belgilangan tarzda qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat; 73. Vazirlik va idora tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan buyruq yoki qarorni imzolash yo‘li bilan qabul qilinadi. Imzolar tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlanadi.
Qo‘shma qarorlar qabul qilishda vazirlik va idoralarning nomi har bir vazirlik va idora uchun tartibga solinayotgan masalaning ahamiyatini hisobga olgan holda ketma-ket joylashtiriladi. Tartibga solinayotgan masala bir nechta vazirlik va idoralar uchun teng ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirda, ularning nomlari alfavit tartibida joylashtiriladi.
74. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat va rus tillarida qabul qilingan holda, tahrirlari o‘zaro muvofiq bo‘lishi lozim.
75. Nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar ularni tasdiqlayotgan buyruqlar yoki qarorlarga ilova ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, buyruq yoki qarorning tegishli bandida esa ularga mazkur Qoidalarning 1 — 5-ilovalariga muvofiq havolalar bo‘lishi lozim.
76. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim:
a) hujjatning turi va nomi;
b) vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ushbu vazirlik yoki idoraning muhri bilan tasdiqlangan lavozimi, imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi;
v) qabul qilingan sanasi, raqami va joyi.
77. Bir nechta vazirlik va idoralarning qo‘shma qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjati yagona sanaga ega bo‘lishi lozim.
Agar vazirlik yoki idora rahbariga ikki yoki undan ortiq lavozimdagi vazifalarni bajarish yuklatilgan bo‘lsa, u holda hujjatning rekvizitlarida unga ushbu vazirlik yoki idora nomidan imzolash huquqini beruvchi lavozimi ko‘rsatiladi.
Vazirlik yoki idora rahbari vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, ta’tildaligi yoki boshqa sabab ko‘ra bo‘lmaganida uning vazifasini bajarishni yuklash tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangan tashkiliy-boshqaruv hujjatida nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
78. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilayotgan hujjatlar hisobini yuritish uchun alohida jurnal yuritishadi va unga idoraviy normativ-huquqiy hujjat haqida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
a) hujjatning turi va nomi;
b) hujjat qabul qilingan sana va joy;
v) hujjat kelishilgan organlar (ular mavjud bo‘lsa);
g) hujjatni imzolagan shaxs ismining bosh harfi va familiyasi, shuningdek lavozimi;
d) hujjatni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaning nomi, shuningdek mas’ul xodim ismining bosh harfi, familiyasi va lavozimi.
79. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnalidagi tartib raqamiga mutanosib raqam beriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnali tartib raqami qo‘yilgan va ip o‘tkazib bog‘langan bo‘lishi kerak.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnalidagi yozuvlarni chizish yoki ularni boshqacha tarzda buzib to‘g‘rilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar yozuvlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnaliga kiritishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilsa, noto‘g‘ri kiritilgan yozuv to‘liqligicha o‘chiriladi va ma’lumotlar qaytadan kiritiladi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnaliga kiritilayotgan jiddiy bo‘lmagan tuzatishlar, o‘zgartirish va qo‘shimchalar vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
80. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan “Maxfiy” va “Mutlaqo maxfiy” grifli hujjatlar, ikkita asl nusxada qabul qilinadi. Qo‘shma qarorning asl nusxalari soni hujjatni tasdiqlagan organlar soniga mutanosib ravishda hamda bitta asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uchun qabul qilinadi


Download 101.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling