1. Норматив-ҳуқуқий ҳужжат тушунчаси ва турлари. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг ўзаро нисбати. J


Мулкка эгалик қилиш, ундан фойдаланиш, тасарруф қилиш, мулкдан маҳрум қилиш деганда нимани тушунасиз?


Download 101.11 Kb.
bet27/51
Sana06.05.2023
Hajmi101.11 Kb.
#1435040
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
Bog'liq
umumiy savol-javoblar(1)

65. Мулкка эгалик қилиш, ундан фойдаланиш, тасарруф қилиш, мулкдан маҳрум қилиш деганда нимани тушунасиз? Egalik qilish huquqi – shaxsning ashyoga nisbatan yuridik hukmronligi, unga amalda va xoʻjalik jihatidan egalik qilishidir. Egalik qilish mulk huquqining zaruriy elementi boʻlib, foydalanish huquqi bilan ajralmas bogʻliq, chunki ashyodan mustaqil foydalanish uchun bir vaqtning oʻzida unga egalik qilish ham kerak. Mulkka egalik qilishni mulkdor ham, mulkdor bilan shartnoma asosida yoki oʻzga huquqiy asoslarda boshqa shaxslar ham amalga oshirishlari mumkin. Masalan, ijara shartnomasi boʻyicha ijarachining, garov shartnomasi boʻyicha garovga beruvchining mol-mulkiga egalik qilish, meros qilib qoldirish asosida umrbod egalik qilish huquqi boʻyicha mol-mulkka egalik qilish, xoʻjalik yuritish, operativ boshqaruv va boshq. Bu holda egalik qilish mulk huquqining emas, balki boshqa subyektiv fuqarolik huquqlarning tarkibiy qismi boʻlib hisoblanadi. Bizning huquqiy tizimimizda egalik qilish mustaqil ashyoviy huquq hisoblanmaydi. Ashyoga egalik qilish qonuniy va noqonuniy boʻlishi mumkin. Egalik qilish shartnomaga asoslangan yoki oʻzga huquqiy asoslarda (huquqiy titulda) boʻlsa, u qonuniy hisoblanadi. Bunday egalik qilish mulkdorning egaligi bilan baravar qonunning himoyasida boʻladi. Har qaysi huquqiy titulga asoslangan egalik kilish, agar mulkdor yoki u ashyoni egalik qilishga berayotgan shaxs tomonidan qonunchilikning barcha shartlari bajarilganidagina vujudga keladi. Mulkdor boʻlmagan shaxsning egalik qilish huquqi mulk huquqiga qaraganda hosila va tobe tusga egadir, chunki u mulkdor belgilagan doirada amal qilishi mumkin. Qonuniy titulga asoslanmagan egalik qilish noqonuniy hisoblanadi. Noqonuniy egalik qilish kimningdir subyektiv fuqarolik huquqlari buzilishini nazarda tutadi, shuning uchun ham qonun tomonidan himoya qilinmaydi. Faqat bir holatdagina, mulk huquqini vujudga keltiruvchi egalik qilish muddatiga asoslangan titulsiz egalik qilish qonun tomonidan himoya qilinadi. Foydalanish huquqi – ashyodan foydalanish jarayonida uning foydali, xoʻjalik xususiyatlarini yuridik jihatidan ta’minlangan iste’mol qilish imkoniyatidir. Foydalanish huquqining mazmuniga ashyo keltiradigan hosil va daromadlarni oʻzlashtirish huquqi ham kiradi. Masalan, FK 92-moddasiga muvofiq, ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ashyo egasiga tegishlidir. Foydalanish huquqi egalik qilish huquqiga asoslanadi. Shuning uchun ashyoning foydali xususiyatlarini nafaqat mulkdorlar, balki mulkdor egalik qilish huquqi bilan ushbu huquqlarni taqdim qilgan shaxslar ham olishlari mumkin. Demak, kim mulkka egalik qilsa, u undan foydalanish imkoniyatiga egadir. Chunki, ashyoga egalik qilmasdan, undan foydalanish mumkin emas. Foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlanadi va uchinchi shaxslarning tajovuzidan himoya qilinadi. Bu bilan birga, amaldagi qonunchilik uni amalga oshirish chegaralarini belgilab qoʻyadi. Foydalanish huquqini amalga oshirishda mulkdor va oʻzga titul egalari boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun tomonidan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmasliklari kerak, axloqiy tamoyillarni va jamiyatning ma’naviy me’yorlarini hurmat qilishlari kerak. Qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sud shaxsga tegishli boʻlgan foydalanish huquqini himoya qilishda rad javobini berishi mumkin. Tasarruf etish huquqi – mulkdorning ashyoga nisbatan yuridik va faktik harakatlarni amalga oshirish orqali uning amaldagi va yuridik taqdirini qonun tomonidan kafolatlangan belgilash imkoniyatidir. Egalik qilish va foydalanish huquqlaridan farqli oʻlaroq, tasarruf etish huquqi faqat mulk egasiga tegishlidir. Ashyolarning yuridik taqdirini belgilash ularni sotish, almashtirish yoki boshqalar tasarrufiga oʻtishning boshqa
shakllari orqali amalga oshiriladi, ashyolarning amaldagi taqdirini tasarruf etish esa mulkni iste’mol qilish yoki uni yoʻq qilish orqali amalga oshiriladi. Mulkdor tasarruf etish huquqini amalga oshirib, ashyoga nisbatan mulk huquqini bekor qilishi (sotib yuborish, hadya qilish, almashtirish, xoʻjalik jamiyatlar yoki shirkatlarning ustav fondiga berish va h.k.) yoki egalik qilish va foydalanish boʻyicha huquqlar (ijaraga, saqlashga berish) amalga oshirilishini vaqtincha toʻxtatib turishi mumkin. Qonun hujjatlarida mulkdor tomonidan tasarruf etish huquqini amalga oshirish boʻyicha ma’lum cheklashlar va taqiqlar oʻrnatilishi mumkin. Masalan, mulk xatlanganda, qonunchilikda nazarda tutilgan bankrotlik taomillari joriy qilinganida, mulkdor tasarruf etish huquqini vaqtinchalik amalga oshirishi mumkin emas.

Download 101.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling