1. Numizmatika fani, uning maqsadi va vazifalari
1. Numizmatika fani, uning maqsadi va vazifalari.
2. Tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi
3. Dastlabki tangalar
4. Numizmatika terminologiyasi
5. Qadimgi Yunoniston tangalarini davrlashtirish.
6. Qadimgi Rim tangalari.
Numizmatika Qadimgi Yunoniston va Rim tangalari
Reja:
Numizmatika - tangalar xaqidagi fandir. U lotincha “numisma” sо‘zidan olingan bо‘lib, tanga ma’nosini bildiradi. Numizmatlar tangalardagi rasmlar (tip), yozuvlar (izoh), ularning og‘irligi, о‘lchami, metall sifati, kim tomonidan zarb etilganligi, qachon va qayerda muomalada bо‘lganligi kabilarni о‘rganadilar. Numizmatik izlanish asosida tangalardan tarix va madaniyatga oid bо‘lgan ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Qog‘oz pullarni bonistikaо‘rganadi.

Tanga - bu belgilangan normadagi metall quymasi. U о‘zining og‘irligi, qiymatiga, sifat tarkibiga ega bо‘lgan qonuniy muomala vositasi hisoblanadi.
Pul, qiymat о‘lchovi, muomala vositasi, xazina tо‘plash, tо‘lov vositasi, jahon puli vazifalarini bajaradi. Tangalar fanning turli sohalari, jumladan tarix, arxeologiya, siyosiy iqtisod, tilshunoslik san’atshunoslikka oid masalalarni hal etishga yordam beradi.
Insoniyat tarixi va madaniyatini о‘rganishda tangalarning ahamiyati katta. Xususan, tarix, siyosat, iqtisod, san’atshunoslik, mafkura, til, me’morchilik, savdo, xalqaro aloqalar bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni yechishda muhim rol о‘ynaydi. Tangalar bо‘lib о‘tgan tarixiy voqealarning sanasi, shohlar hukmronligi, davlat chegaralari, kiyimlarini о‘rganishda ham katta ahamiyatga ega. Qо‘lyozmalar asrlar davomida boshqalar tomonidan о‘zgartirilar, qayta kо‘chirib yozilar, ayrim sо‘zlarning ma’nosi aslidan uzoqlashib ketardi. Tangalardagi zarb etilgan yozuvlar esa qanday bо‘lsa shundayligicha saqlanib qolaveradi.
1. Numizmatika fani, uning maqsadi va vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |