Ilmiy numizmatikaga Vena universiteti arxeologi, professori Y.Ekkel (1737-1798) asos soldi. U sakkiz jilddan iborat “Nauka o drevnix monetax” “Qadimgi tangalar ilmi” (Vena, 1792-1798) kitobida 70 mingdan ziyod tangalarga tartib berdi. Y.Ekkelning bu tо‘plami uchun unga antik davr tangashunosligining otasi nomi berilgan.

Germaniyalikakademik Rossiya Fanlar Akademiyasi Qozon universiteti professori Xristian Martin Fren (1782-1851) Oltin О‘rda tangalarini о‘rganib, tasniflagan. Xristian Martin Frenni 1807 yilda universitetga taklif etishganda, u “Opisaniye nekotorix Samanidskix i buveyxidskix monet” mavzusida arab tilida ma’ruza о‘qigan va bu ma’ruza kitob qilib chop etilgan. U bu yerda Povoljyedan topilgan tangalarning 400 turini о‘rgandi va yozma manbalarda keltirilmagan Oltin О‘rda xonlarning nomlarini aniqladi. Bundan keyin olim Peterburgdan ketmadi va umrini Sharq tangalarini о‘rganishga bag‘ishladi. U xatto о‘z familiyasiga Xristian Danilovich nomini qо‘shdi. Uning shogirdi P.S.Savelyev u haqda: “Martin Fren Rossiya uchun Sharq tangalari manbashunosligini ochdi”, - deb yozadi.
1834 yilda A.D.Chertkovning “Opisaniye drevnix russkix monet” asarida qadimgi rus tangalarining ilmiy tasnifini amalga oshirdi. Rus numizmati Aleksey Vasilyevich Oreshnikov (1855-1933) tangani muhim tarixiy manba deb ataydi. Uning “Russkiye moneti” asarida tangalarni knyazliklarga ajratib katalog tuzgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |