1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]


Download 0.56 Mb.
bet4/6
Sana17.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1205175
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
726 18.11.2020

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari




1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqlash uchun notarial idoraga o‘zi kelib yoki elektron tizim (YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish.

1. Xohishiga ko‘ra.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

2. Murojaat qilinganda.




2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqish, Tizim orqali taqiq yoki xatlov mavjud emasligini tekshirish.

2. Avtomatik tarzda.

3. Kadastr ma’lumotlari hamda ipotekaga qo‘yilayotgan mol-mulk xususiylashtirilgan turar joy bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va ma’lumotnomalar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma olish.

3. Agar ma’lumotlar:
kuryerlik xizmati orqali olinsa — bir soat ichida;
idoralararo elektron tizim orqali olinsa — zudlik bilan real vaqt rejimida.




3-bosqich

Notarius

1. Shartnoma loyihasini tayyorlash va loyihani shartnoma taraflariga o‘qib berish hamda shartnoma mazmunini taraflarga tushuntirish.
2. Shartnoma va shartnoma taraflari haqidagi ma’lumotlarni Tizimga kiritish.

Hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqilganda 30 daqiqa ichida

5




4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish.

Notarial harakat rasmiylashtirilayotgan vaqtda




5-bosqich

Notarius

To‘lov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish.

To‘lov amalga oshirilgan
vaqtda




6-bosqich

Notarius

Garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomani notarial tasdiqlash va garov (ipoteka) shartnomasi predmetini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash.

1 va 5-bosqichlar to‘liq amalga oshirilganda 15 daqiqa ichida

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
4-ILOVA
Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan ishonchnomalarni (keyingi o‘rinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Notariuslar tomonidan notarial harakatlar notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Notarial harakatlar notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi va ishonchnomani rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va videoga qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Bunda, notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni to‘liq audio va videoga qayd etilishi lozim.
3. “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Agar ishonchnoma murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi.
4. Ishonchnomani tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2-bob. Murojaat qilish tartibi
5. Murojaat qiluvchi notarial idoraga o‘zi kelib yozma ariza bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi o‘rinlarda — elektron tarmoq) ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat qiladi.
6. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek ishonchnomani tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli hujjat loyihasining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishi mumkin.
7. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron ro‘yxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
8. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart.
9. Murojaat qiluvchi tomonidan elektron tarmoq orqali ishonchnomani tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlar ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Murojaat bo‘yicha tegishli hujjat loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qo‘yiladi.
10. Quyidagi hollarda notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun tegishli hujjatlarning oldindan tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha elektron tarmoq orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish rad etiladi:
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
tasarruf etish (oldi-sotdi, hadya qilish, ayriboshlash, lizing, ijara, tekin foydalanishga berish, garov (ipoteka)ga qo‘yish, mol-mulkni boshqa shaklda o‘zgaga o‘tkazish (tasarruf etish) haqida bitimlarni tuzish) huquqi bilan beriladigan ishonchnomani tasdiqlashda ko‘chmas mulk va transport vositalariga nisbatan taqiq (xatlov) mavjud bo‘lsa, bundan tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalarni tasdiqlash mustasno;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — MIB) ma’lumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qarzdorlik aniqlangan bo‘lsa;
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki to‘xtatib turilgan bo‘lsa.
3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita o‘zi kelganda uni notarius yordamchisi (notarius yordamchisi mavjud bo‘lmagan hollarda, notarial idora kotibi yoki notarius stajori), ular ham bo‘lmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Bunda, notarius yordamchisi (notarial idora kotibi yoki notarius stajori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga navbatga yozib qo‘yadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud bo‘lmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Notarius murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Murojaat qiluvchi fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
13. Notarius murojaat etuvchi jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
14. Notariusga murojaat etuvchi shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsada (shubha tug‘dirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Notarius ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab murojaat etgan shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi bo‘lsa (shubha tug‘dirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
15. Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari va yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
16. Ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab vakil tomonidan murojaat etilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.
Ta’sis hujjati bo‘yicha yuridik shaxslarning rahbarlari notarial harakatlarni bajarish uchun ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlashni so‘rab murojaat qilsa, bunday hollarda notarius faqat ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.
4-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar ishtirokida ishonchnomani tasdiqlash tartibi
17. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari murojaat qilishi mumkin.
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs nomidan ishonchnomani tasdiqlash so‘rab uning vasiysi murojaat qilishi mumkin.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan murojaat qiladilar. Ishonchnomani tasdiqlash haqidagi ariza bilan murojaat qilinganida ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi ishonchnomani to‘g‘ridan to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan shaxs ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab homiyning yozma roziligi bilangina murojaat qiladi. Bunda, homiyning roziligi ishonchnomani to‘g‘ridan to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Agarda alohida ariza ko‘rinishida berilgan bo‘lsa, notarius bu haqda tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yadi.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va hokazo) ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab murojaat qilishda rozilik bera olmasalar, ishonchnoma vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi. Agarda alohida ariza ko‘rinishida berilgan bo‘lsa, notarius bu haqda tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yadi.
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo‘lganda, uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash va shu kabi boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitim, ariza va boshqa hujjatlarni tuzishga haqli.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.
5-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar ishtirokida ishonchnomani tasdiqlashni tartibi
18. Ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi), ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, ishonchnomani tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va arizasining mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir bo‘lishi shart.
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) fuqaro uchun mo‘ljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius o‘zi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud bo‘lgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida tegishli hujjat matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qo‘yadi.
Murojaat qiluvchi ishonchnomani tasdiqlash haqidagi arizani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, ariza uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim.
Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida ro‘yxatga olmaydi.
Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Surdo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, ariza uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan ariza mazmuni o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar ariza va boshqa hujjatlar bilan birga tikib qo‘yiladi.
Mazkur bandda belgilangan tartibda arizani imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli hujjatni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarjimon yoki surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.
(18-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Ishonchnomani rasmiylashtirish tartibi
19. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslar ishonchnoma bo‘yicha vakil bo‘lishi mumkin.
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning so‘zlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchining so‘zlariga asosan yozilgan hollarda berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ishonchnoma beruvchi mas’uldir. Bu haqda ishonchnoma matnida qayd etib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius tomonidan tegishli ma’lumotlarga aniqlik kiritilgandan so‘ng, idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan avtomatik tarzda MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar olinadi. Bunda, tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
20. Ishonchnoma bir yoki bir nechta vakilga berilishi mumkin. Agar ishonchnoma bir nechta vakilga berilsa, ularning har biri ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlarni birgalikda amalga oshirishi yoki alohida-alohida bajarishi haqida ishonchnomaning matnida ko‘rsatiladi.
Bunday holatda, notarius ishonchnoma bo‘yicha har bir vakilga berilgan vakolatlar doirasini aniqlaydi va bitimni tasdiqlaydi.
21. Agar ishonchnoma bo‘yicha vakillik qiluvchi yuridik shaxs bo‘lsa, ishonchnoma matnida yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli yoziladi.
22. Belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor o‘zining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini boshqa shaxsga ishonchnoma berish orqali o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
24. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Notarius ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida ko‘rsatib o‘tishi lozim.
27. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, ta’mirlash, haydab olib borish va h.k.) berilayotganligi haqida aniq ko‘rsatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa shaxsga o‘tkazish yo‘li bilan berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha vakolatlarni boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma tasdiqlanganda asosiy ishonchnoma notarial idorada olib qolinadi va mazkur ishonchnoma bo‘yicha vakolatlar boshqa shaxsga berilganligi haqida yozib qo‘yiladi.
Asosiy ishonchnoma bilan berilgan ayrim vakolatlarni boshqa shaxsga ishonib topshirish haqida ishonchnoma tasdiqlanganda esa asosiy ishonchnomaga qanday vakolatlar boshqa shaxsga ishonib topshirilganligi haqida belgi qo‘yilib, undan nusxa olinadi.
28. Ushbu Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng notarius, notarius yordamchisi, stajori yoki notarial idora kotibi tomonidan ishonchnoma loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishonchnoma loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa notarius ishonchnoma loyihasining qonunchilikk hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan ishonchnomalarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan ishonchnomalarning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Ishonchnoma matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, hujjatning matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisobvaraq va soliq to‘lovchining shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olingan manzili to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak.
Bunda ishonchnomaning mazmuni Tizimga aniq va to‘liq kiritilishi hamda ishonchnoma beruvchiga tushuntirilishi lozim.
30. Notarius mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan bog‘liq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini ko‘rsatishi shart.
31. Ishonchnoma Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvida ko‘rsatiladi.
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ishonchnomani rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSh ShIR) kiritilishi shart:
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur band talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy ro‘yxatga olinmagan O‘zbekiston Respublikasi hududidan ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
7-bob. Ishonchnomani tasdiqlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi
33. Ishonchnomani tasdiqlashda notarius tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishonchnoma gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yig‘imi undiriladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tasdiqlanayotgan ishonchnoma, shu jumladan ishonchnomani tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tizimga to‘liq kiritilganidan so‘ng notarial harakat uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Tizim orqali to‘lov kvitansiyalari notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga to‘lovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami ko‘rsatilgan SMS xabar yo‘llanadi.
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud bo‘lmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan ko‘rsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat o‘zi kelgan bo‘lsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Notarial harakatlar to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan so‘ng amalga oshiriladi.
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
Ishonchnoma davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.
8-bob. Ishonchnomani imzolash tartibi
34. Ishonchnoma loyihasi ishonchnoma beruvchiga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
35. Ishonchnomaning barcha nusxalarini ishonchnoma beruvchi (uning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
36. Ishonchnoma beruvchining (uning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) kamida ikkita barmoqlari izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Agar ularning jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yo‘qligi, barmoq izlari yo‘qolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud bo‘lmasa notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi.
37. Ishonchnomaning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan to‘lovlar (davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi.
38. Ishonchnoma bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ular ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qo‘yilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi.
39. Tasdiqlangan ishonchnomaning bir nusxasi ishonchnoma beruvchiga beriladi, ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
9-bob. Ishonchnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
40. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaxsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda notarial idorada saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga (boshqa notarial idora tomonidan bekor qilingan hollar bundan mustasno) belgi qo‘yiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
41. Ishonchnomadagi qo‘shimcha va tuzatishlar ishonchnomani imzolagan shaxslarning imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim.
42. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 41-bandi asosida izohlanishi kerak.
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
43. Notarius ishonchnomani haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda ishonchnomaning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi va Tizimga ma’lumot kiritadi.
Ishonchnoma bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytarilmaydi.
44. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi rasmiylashtirgan bitimning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu bitimni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga darhol xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli hududiy adliya organlariga xabar beradi.
10-bob. Notariuslar tomonidan mansabdor shaxslar tasdiqlagan ishonchnomalarni qabul qilish tartibi
45. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishonchnoma va ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar notarial idoraga kelib tushgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Tizimga ma’lumot kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius saqlash uchun kelib tushgan ishonchnomani tekshirib ko‘rishi va uning qonunchilik hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu haqda darhol ishonchnoma oluvchiga va ishonchnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga ma’lum qilishi shart.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11-bob. Ishonchnomani tasdiqlashni rad qilish tartibi
46. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda ishonchnomani tasdiqlashni rad etadi, agar:
bunday ishonchnomani amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan ishonchnoma uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
ishonchnoma qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchnomani tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(46-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shuningdek, ishonchnomani tasdiqlash uchun to‘lovni to‘lamaslik ishonchnomani tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ishonchnomani tasdiqlash rad etilgan taqdirda notarius ishonchnomani tasdiqlashni rad etish haqida murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Notarius ishonchnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius ishonchnomani tasdiqlashni rad etganda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undirilgan to‘lovlar qaytarib beriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
12-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
47. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxivini yuritishi shart.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi o‘rinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.
Notarial rasmiylashtirilgan bitimning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
48. Hujjatlar yig‘majildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri ta’siridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini ta’minlaydigan shkaflarda turadi.
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va elektron axborot tashuvchi jismlarda saqlanadi.
Kalendar yil yakunida audio va videoyozuvlar fayllari nusxalari DVD disklarga yoziladi hamda notarial idoraning temir javoni yoki seyflarida alohida saqlanadi.
Elektron axborot tashuvchi jismlarda yoki DVD disklarda saqlanayotgan audio va videoyozuvlar fayllari notarius ishdan bo‘shaganda yoki boshqa ishga o‘tkazilganda tekshirib ko‘rilgan holda dalolatnoma asosida qabul qilinib, yangi tayinlangan yoki vazifasi yuklatilgan notariusga topshiriladi.
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini qayd etilgan audio va videoyozuvlar fayllari belgilangan tartibda notarial harakatlar yig‘ma jildlari bilan idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak.
49. Yig‘majildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
50. Kalendar yil tugashi bilan mas’ul shaxs yig‘majildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Yig‘majilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Yig‘majild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa mas’ul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qo‘yiladi.
Yig‘majild muqovasidagi sana hujjatlar yig‘majildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
51. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin mas’ul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
52. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini ko‘rib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqishda arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
54. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi a’zolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qo‘yiladi.
55. Ishonchnomalar bilan bog‘liq hujjatlar yig‘majildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 5 yil mobaynida saqlanadi.
13-bob. Yakuniy qoidalar
56. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda uning murojaati ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, bitimni tasdiqlash uchun to‘langan to‘lovlar qaytariladi.
57. Notarius o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
58. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamentiga
ILOVA
Ishonchnomalarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling