1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi
Download 0.96 Mb.
|
257-II 29.08.2001
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdordir. (14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasi birinchi qismi 12-bandiga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga: qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida — muntazam ravishda; o‘ta og‘ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to‘g‘risida — zudlik bilan; prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida — har olti oyda axborot taqdim etadi. Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonunchilik normalariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoki bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi. (14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan bo‘lsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoxud bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishi mumkin. (14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga o‘z faoliyati haqida muntazam ravishda hisobot beradi. (14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 153-II-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risida”gi axborotini ko‘rib chiqish Tartibiga qarang. [OKOZ: 1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling