1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Download 0.96 Mb.
|
257-II 29.08.2001
16-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladilar, ular O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar hamda lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadilar va uning oldida hisobdordirlar. LexUZ sharhi Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tegishincha tuman, shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari asosida va ularni ijro etish uchun o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi. Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori rahbarlik qiladi. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda boshqarmalar va bo‘limlar tashkil etiladi. Boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlari, prokurorlarning katta yordamchilari, prokurorlarning ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarining o‘rinbosarlari, katta prokuror-kriminalistlar va prokuror-kriminalistlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari va prokurorlari, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. [OKOZ: 1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling