1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari


Download 0.96 Mb.
bet9/37
Sana28.10.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1729796
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
257-II 29.08.2001

13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlariga rahbarlik qiladi va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi mumkin;
(13-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasi 8-bandiga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning ko‘rib chiqishi uchun masalalar kiritishi va ko‘rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlislarida ishtirok etadi, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonunchilikni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi;
(13-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuninig 20-moddasi ikkinchi qismi, shuningdek 25-moddasi ikkinchi qismiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
prokuratura organlari xodimlariga darajali unvonlar beradi va oliy darajali unvonlar berish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etadi;
prokuratura organlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi;
prokuratura organlari xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlaydi;
buyruqlar chiqaradi hamda prokuratura organlarining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
chet el davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(13-modda ikkinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi.
[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar;

2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling