1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Download 0.96 Mb.
|
257-II 29.08.2001
22-modda. Prokurorning vakolatlari
Prokuror qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida o‘z vakolatlari doirasida: vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, harbiy qismlarning hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni ko‘rishga, tekshirishlar o‘tkazishga, tekshirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati to‘g‘risidagi va uni ta’minlashga doir chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni talab qilishga; davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish, taftish o‘tkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar o‘tkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga; mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir. Oldingi tahrirga qarang. Qonun buzilishi aniqlangan taqdirda prokuror ushbu Qonunda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga majbur. (22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) [OKOZ: 1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati; 2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling