1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda prokurorning majburiyatlari
Download 0.96 Mb.
|
257-II 29.08.2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BO‘LIM. SUDLARDA IShLARNI KO‘RIShDA PROKURORNING VAKOLATLARI [OKOZ
- 33-modda. Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtiroki
32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda prokurorning majburiyatlari
Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonunining 38-moddasi yettinchi qismiga qarang. Prokuror o‘ziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda ko‘rib chiqishi, zarur chora-tadbirlar ko‘rishi hamda o‘z qarori to‘g‘risida arizachiga ma’lum qilishi shart. [OKOZ: 1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.04.00 Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokuror ishtiroki] 1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.04.00 Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokuror ishtiroki] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura] 33-modda. Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtiroki Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko‘rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi. Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi. Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi xususida o‘z fikrini bildiradi. Ishlar sudlarda ko‘rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 51-moddasiga, Iqtisodiy protsessual kodeksining 49-moddasiga hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 409-moddasiga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonunchilik normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart. (33-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) [OKOZ: 2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.04.00 Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokuror ishtiroki; 3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar] [TSZ: 2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling