1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Download 0.96 Mb.
|
257-II 29.08.2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40-modda. Taqdimnoma
- 41-modda. Ariza
39-modda. Qaror
Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 275-moddasi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 331-moddasi birinchi qismiga qarang. Ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi shart. Uni ko‘rib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi. [OKOZ: 1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura] 40-modda. Taqdimnoma Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi. Taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinishi lozim. Taqdimnoma kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 297-moddasiga qarang. [OKOZ: 1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura] 41-modda. Ariza Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 334-moddasiga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Prokurorning arizasi sud tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. (41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi. [OKOZ: 1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling