46-modda. Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi tuziladi.
Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojo‘ya xatti-harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni ta’minlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hay’atining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlaydi.
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
[OKOZ:
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
47-modda. Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari
Prokuratura organlari xodimlariga egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi.
[ OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Do'stlaringiz bilan baham: |