1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
-modda. Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Download 0.96 Mb.
|
257-II 29.08.2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari
17-modda. Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladi, ular O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadilar va ularning oldida hisobdordirlar. Tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘lishi mumkin. Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish o‘rganuvchilari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Oldingi tahrirga qarang. [OKOZ: 1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura] 18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tuziladi. Departamentga maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi. Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Departamentning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Oldingi tahrirga qarang. Departamentni va uning joylardagi bo‘linmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati tartibi qonunchilikda belgilanadi. (18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. [OKOZ: 1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling