5. Qo`shiq ( Umida Abdumannonova(116) ijrosida “Ustoz yaxshida”)
5.1. Musiqa qo`yiladi va Boshlovchilar sahnaga chiqadi:
Xurshidbek:
Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz.
Goh quvonch, goh alam, ko`z yosh ham sizsiz.
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz.
Siz mening g`ururim, iftihorlarim!
Mashhura:
Tortilib, o`ylanib yashabsiz bilsam.
Bir umr kuymanib yashabsiz bilsam,
Ertam deb o`ylanib yashabsiz bilsam,
Ey mening fidoyi, alp chinorlarim!
Xurshidbek:
Qadrli ustoz! Hayot kitobini ochuvchi sizsiz. Yaxshi-yomon kunlarimizning kuzatuvchisi ham siz. Sizni ko`rib shodlanamiz. Yuragimiz, qalbimiz bilan sizga talpinamiz ustoz! Ustozlar! Bugun sizni qancha olqishlasak, qancha sharaflasak shuncha oz!
Mashhura:
Siz ustozlarning poyingizga guldastalar sochib hurmatlab e`zozlasak arziydi! Bugun sizlarni ulug` ayyomingiz bilan yana bir bor muborakbod etamiz va sizga ko`tarinki kayfiyat ulashish uchun navbatni fakultetimizning iqtidorli talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Quvnoqlar va Zukkolar” chiqishiga beramiz! Marhamat kutib oling!
Ajoyib intro qo`yiladi
6. QvZ
Musiqa ostida QvZ jamoasi zalni tark etadi,
7. Boshlovchilar:
Xurshidbek:
Albatta ushbu sahna ko`rinishini tayyorlaganliklari uchun iqtidorli talabalarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz va bayram dasturimizni mana shunday ko`tarinki kayfiyat bilan davom etamiz!
Mashhura:
Ushbu shodiyonali kunda barchaning ko`zlaridagi quvonch uchqunlari yaqqol ko`rinib turibdi. Shunday ko`tarinki ruh ila navbatni Xalqizmizning sevimli shoiri Muhammad Yusufning “Oddiy muallim” she`riga beramiz! Marhamat!
8. She`r: “Oddiy muallim” { Mohinur, Marjona, Umida,____}
8.1. Musiqa qo`yiladi va Boshlovchilar sahnaga chiqadi:
Xurshidbek:
Ajoyib she`r va ajoyib ijro uchun katta rahmat! Menga ma`lum boʻlishicha Fakultetimizning iqtidorli talaba qizlari ajoyib taronani kuylash uchun tayyorlanib kelishibdi, shu o`rinda 8 qator misrani aytib o`tsak
Ustozlar el ichra topgaydir qadr,
Doimo shogirdlar ehtiromida,
Bayram tabrigini eting siz qabul,
Go`zal qizlarimiz sho`x xiromida!
Mashhura:
Dilingiz aylasin bu qizlar hushnud,
Unuting bir lahza tashvish-g`amlarni,
Ilojin topsangiz siz ham qo`shilling,
Yayrasin bu dillar, tashlab kamlarni…
Endi esa navbatni talaba qizlarimiz ijrosidagi “__________” qo`shig`iga beramiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |