4. She`rlar:
Lobar(113):
Sizgadir yurakda asragan so`zim,
To mangu ta`zimda turaman o`zim,
Dilimning tubida yangragan sozim,
Ezgulik yo`lida tolmang Ustozim!
G`am ko`rmay bu dunyo turguncha turing,
Ko`p yillik mehnatlar huzurin ko`ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!
Hayot yoʻllarimda dildosh, deb bildim,
Yoʻlimni yoritgan quyosh, deb bildim,
Tole yoʻllarida yoʻldosh deb bildim,
Ezgulik yoʻlida tolmang, Ustozim
Nafosat (114) sher
Shaxina(113):
Madhingiz kuylasam yayraydi dilim,
Nomingiz tushurmas hech aslo tilim,
Sizdan o`rgandimku aziz ustozim
Ne ekan bu hayot, ne ekan bilim.
Partalar oralab o`tar umringiz,
Daftarni qoralab o`tar umringiz,
Aylanib ketganku mehr bog`iga,
Ustozim ko`nglingiz, sizning ko`nglingiz.
Sarvinoz(114):
Ba`zida dilingiz og`ritib qo`yib,
Uzrni aytmaymiz qadrdon ustoz.
Shunda ham bizlarni kechirib ketib,
Yuksaklikka bizni etasiz parvoz!
Qalbingiz beg`ubor aziz ustozim,
Avflar etasiz xatolar qilsak,
Bir kulib, mayliga deya qo`yasiz,
Agarki, biz sizni ranjitib qo`ysak!
Ruxshona(110):
Sof ezgulik tilagi Baholar a`lo, yaxshi,
U ham bizga onadir Ayamaysiz maqtovni,
Ilm-u hikmat qasrida Charchamaysiz, hormaysiz,
Ilk ustoz yagonadir. Sabringiz baland tog`mi?
Tunlar sizga hamsafas Yillar o`tib ulg`ayib
Qog`oz, kitob uyulgan Bergan so`zim oqlayman
Qo`lingizda siyohdon Yuz yoshda ham shu holda
Dil mehringiz quyilgan Turishingiz hohlayman!
4.1. Musiqa qo`yiladi va Boshlovchilar sahnaga chiqadi:
Mashhura:
Ajoyib she`rlar uchun rahmat! Bilamizki, bu yorug` olamda onadek mehribon, otadek g`amho`r, har birimiz uchun aziz va mo`tabar bo`lgan ulug` zot – bu muallim va murabbiylardir.
Xurshidbek:
Endi esa navbatni iqtidorli talabalarimizdan biri Umida Abdumannonova ijrosidagi “Ustoz yaxshida” qo`shig`iga beramiz, marhamat, qarshi oling!
Do'stlaringiz bilan baham: |